sof dilligiga chin dildan ishonardi
qiz. Uning közlariga boqqanida
göyoki dunyoda undan oqköngil
va mehribonroq hech kim yöqdek
tuyulardi. Avval boshda yigitning
rom qiluvchi nigohlari qiz
yuragiga sevgi urug'ini qadadi.
Bir necha bor töqnash
kelishgach, bu sevgi urug'i özini
körsatib, unib chiqdi. Qiz göyoki
sehrlangandek yigitga tobora
bog'lanib borardi. U sevgi
baxtidan mast bölib, 7-osmonda
uchib yurardi göyo. Yigitning
erkalovchi shirinsuhanligi bir kun
kelib ösha sevgi niholini
zabardast daraxtga aylantirdi. Bu
muhabbat shu darajaga borib
yetdiki, har ikki tomon bu
daraxtning gullashiga mone'lik
qilmadilar. Hammasi shundan
söng boshlandi. Qiz odamlar
oldidagi, ota-onasi oldidagi iffati
haqida öylay boshladi. Uni shu
darajada sehrlab qöygan sevgi
mevasi bölmish farzand dunyoga
kelishini bilganida na sevinishini,
na qayg'urishini bilmadi. Yigit bu
haqda eshitganida esa qizdan
battarroq sarosimaga tushdi.
Yigitning biron yupatuvchi
maslahatini kutayotgan qiz
shunday javob oldi: - "U tug'ilishi
mumkin emas". Qizning badani
jimirladi. Shu bir zumlik titroq qiz
qalbidagi azim sevgi daraxti
yaproqlarining xazonga aylanib,
qovjurashi uchun yetarli böldi. U
yigitga indamadi, lablari sovuq
jilmaydi. U yigitni ayblolmasdi.
"Nima qilgan bölsam, öz xatoim",-
öylardi u. Keyingi kunlarda esa
uning yuragi butunlay muzga
aylandi. Yigit bir marta ham xabar
olmadi. Kunlar ötaverdi. Ösha bola
ham tug'ildi. Uning taqdiri... Nima
ham bölardi... Mehribonlik uyi,
ota-onani sog'inib, kutib ötgan
bolalik.... Men shunday insonlarni
bilaman, sevishadi, sevilishadi.
Lekin aytingchi, bir begunoh
norasida bolani bir umr ona
mehri, ota g'amxörligisiz, öksib
yashashiga majbur qilishga
ularning nima haqlari bor?
Manbaa: Taqdir gr.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1