So`ng ulardan birini chaqirib, so`rabdi:
- Sen Yerga nima uchun borayapsan?
- Kechirishni urganish uchun! - deb javob beribdi Qalb.
- Kimni kechirmoqchisan? Qara, Qalblarning har biri toza, mehr- muxabbatga to`la. Ular seni shunchalar yaxshi kuradiki, sen kechirishing mumkun bo`lgan hech bir ishni qila olamaydi. Qalb singillariga nazar solibdi. Rostan ham ularning jonidan ortiq yaxshi ko`radi. Ular ham juda qadrlashadi. Bundan xursand bo`ldiyu, birdan mayus tortibdi:
- Lekin men kechirishni juda xoxlagandim.
Shunda uning yoniga boshqa bir Qalb kelib:
- Xafa bo`lma meni seni shunchalik yaxshi kuraman-ki, Yer yuzida yoningda bo`lib, uzingda kechirishni sinab ko`rishing uchun, senga yordam berishga tayyorman. Yerda men sening ering bo`laman va xiyonat qilaman, baqiraman, do`g`layman, ko`z yoshlaringa sabab bo`laman, sen esa meni kechirishni o`rganasan, - debdi.
Boshqa Qalb esa :
- Men sening eng yaqin dugonang bo`laman va kerakli paytda do`stligimiz yuziga oyoq qo`yaman, shu tarzda sen kechirishni o`rganib olasan, - debdi.
Yana bir Qalb:
- Men Yer yuzida sening rahbaring bo`laman. Seni shunchalik yaxshi ko`rganimdan kechirishni o`rganishing uchun har bir ishingdan kamchilik topaveraman, qattiqqo`llik qilaman, - deb qo`lidan tutibdi.
Boshqa Qalb hiylakor qaynona, yana biri g`iybatchi qo`shni bo`lishini bildiribdi. Shu tarzda bir -birini yaxshi ko`radigan bir qancha Qalblar jam bo`lishibdi va Yerda hayot kechirish, kechirimlilik va bir - -birini qadrlashni o`rganish uchun o`z hayotlari Ssenariysini tuzib chiqishibdi. Ammo Yer yuziga tushgach, ular bu o`zaro axdlashuvni esdan chiqarishdi. Ko`pchilik bu hayot Ssenariysini, asosiysi, bir - birini yaxshi ko`rishini unutib, bir - birini ranjitdi, bir -biridan jaxli chiqdi....
Bunga sabab nima deb o`ylaysiz??? Qanday talqin qilasiz??? Qalblar nega unday bo`lishadi!??? Marxamat o`z fikrlaringizni qoldiring!
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2