Предыдущая публикация
Poyimiz
o‘padi, sevgi-qon bag‘ir, Biz ishqni yig‘latib
ketayapmiz yor… Shuncha oson ekan, sevmoq-
sevilmoq, Buncha azob ekan ayriliq dardi? O,
ishqning ko‘ziga qarolmagan chog‘, Ko‘zni
achishtirar hijronning gardi… Mag‘rurmiz…
G‘ururlar osmondan baland, Tuyg‘ular sochilib
ketar har yona.. Muhabbat nomini yanchib o‘tib
so‘ng, Bir zumda bo‘lamiz bizlar, begona…
Ketamiz. Ergashar bizga armonlar. Sog‘inchlar
izimiz o‘pib yig‘lar zor, Bizni kuzatgancha
yig‘lar osmonlar, Biz… Ishqni yig‘latib
ketayapmiz yor…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев