Bahtiyor va E'zoza.
Kuzning sovuq tongi. Yigit yo'l yoqalab asta sekin avtobus bekatga keldi. U ham ko'pchilik qatori 2 soatda bir keladigan avtobusni kuta boshladi. Bir vaqt bekatga yana bir yo'lovchi qiz keldi. negadir qiz yigitni e'tiborini tortdi va uni zimdan kuzata boshladi. Kuzning soviq shamoli qizni yelkalarini qaltirardi. Qiz ustidagi yupqagina paltosi kerakli issiqlikni bermayotkanidan sovuqda dig' dig' titrardi. Shu payt qiz bilan ikki og'iz suhbat uchun bahona topolmay turgan yigit qizni oldigan borib, ustidagi kastyumini yechib, sovuqda qaltirayotkan qizning nozik yelkalariga ildi. Birdaniga kelgan issiqlikdan bir oz huwini yoqotkan qiz, es hushini yig'ib ortka qaradi va qarshisida turgan samiymiy nigohga hech qanday e'tiroz bildirmay, shunchaki rahmat aytdi. Shu bahona ikki yosh tanishib olishdi va avtobusni kutishga toqat qilmay, manzilllariga piyoda ketishka qaror qilishdi. Tasodifni qarangki yigit qiz ishlaydigan tikuv fabrikasi qarshisidagi duradgorlik ustahonasida ishlaydigan bo'ib chiqdi. Ular shu bo'yi manzillariga shirin suhbat ila piyoda ketishdi. Bu tanishuv bir umrga ta'tigulik edi. Ular juda yaqin bo'lib qolishdi. Shu shu har kuni uchrashuvlar, ishga birga borib kelish va birga qaytishlar. Bu ularning munosabatini yanada jiddiylashtirdi.
Kunlar ketidan oylar o'ta boshladi.
Dam olish kuni yigit erta tongdan qiz tomon oshiqdi va qizga dam olish kunini birga o'tkazishni taklif qildi. Qiz ham uni qo'llab quvvatladi va ular dam olish kuni ham yonma yon bo'ishdi. Shu kun yoshlar hayotida muhim ro'l o'ynadi. Ular turmush qurishga ahd qilishdi. Yigit ertasiga qizni uyiga so'vchilarni yubordi. Qizni otasiga esa bu sovchilarga rad javobini berdi. Yana 2 3 bora borilganda ham faqat rad javobini olishardi yigitning yaqinlari. Bunday vaziyatni kutmagan ikki sevishga bir chora izlay boshlashdi va bir kuni qiz o'z o'zidan qattiyatlik bilan yigitni o'z otasi oldiga olib boradi va otasidan oq fotiha berishni so'raydi. Ota hayron. Umrida hatto ko'ziga tik boqmagan, har doim ota onasini yuzini yorug' qilib yuradigan qizidan bunday jasoratni chiqshi otani qiziga bo'lgan ishonchini oshirib yubordi va ota o'zi bilmagan holda ularga oq fotiha berdi. Shu bilan to'y bo'ldi. Hamma hursand, hamma bahtli. Bu ikki yosh sevgi qanchalik kuchli ekanligini o'z hayot yo'llarida isbotlashdi. Mana hozir 4 o'g'il, 2 qiz va 17 nabiraning bahtli bobosi 72 yoshli Bahtiyor va buvisi 69 yoshli E'zoza o'tmishning shirin hotiralarini shunday eslashadi..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев