Qadim-
qadim zamonda bizdan aaancha
yillar oldin u payti hali men
ham,sizlar ham hattoki bobomni-
bobosiyam tug'ilmagandi
Shunday zamonlarning birida
Kashshey Tirik ismli kelishgan
baquvvat modniy kiyingan bir
uzun terak yigit bo'lgan
ekan...Kashshey Tirik bir kuni
o'rmonda ov qilib yurib,kichkina
bir kulbachaga duch keladi.Ov qilib holdan toygan Kashshey
o'sha kulbani yoniga
kelib,kulbadan so'rabdi- "Hoy
kulbacha-kulbacha,yuzing bilan
menga qarab,o'rmonga
orqangni bur" -debdi,Kulba
o'rnidan qo'zg'alibdi va
Kashsheyni aytganini qilaman
deb,o'rnidan turayotib yiqilib
tushibdi,chunki anchadan beri
kulbani xech kim o'rnidan
turg'izmagan ekan.Kulbani
eshigini taqillatibdi,shu payt
kulba ichidan dunyodagi eng
go'zal,sohibjamol sochlari uzun
Yalmog'iz Qiz chiqib
kelibdi,chunki u paytda hali
Kampir bo'lmagan
edida.Kashshey Tirik Yalmog'iz
Qizni bir ko'rishda sevib
qolibdi.Balki qiz uni sexirlab
olgandir,chunki u yalmog'izda
qo'lidan har balo kelardi.Shunday
qilib Kashshey bir kecha
Yalmog'iznikida mehmon bo'lib
uning muhabbatini
qozonibdi.Ertasi kuni Kashshey
Tirik Yalmog'iz Qiz bilan
xayrlashib uni qattiq sevishini va
o'z uyiga olib ketish uchun
kelishini aytib uyiga qaytib
ketibdi.Kashsheyning u paytda
yuragi joyida ko'ngli toza yigit
edi.Kashshey Tirik uyiga qaytib
Ota-Onasiga Yalmog'iz qizni sevib
qolgani va unga
uylanmoqchiligini aytganda
uning onasi bunga mutlaqo
qarshi bo'libdi.Chunki
Kashsheyning onasi necha
yillardan buyon Yalmog'izlarni
makriga qarshi kurashib kelar
ekan.O'g'li Kashshey Tirikni ham
sexrlab olgan deb o'ylardi,lekin
bu paytda Yalmog'iz Qiz ham
hayotdan baxtli Kashsheyni sevib
qolgandi,u juda baxtli
edi.Yalmog'iz ham bu habarni
onasiga aytadi,onasi qizini
eshitishni ham xohlamay,o'sha
kulbaga bir kun qamab
qo'yadi.Kashsheyning onasi esa
o'g'lini bu halotdan qutqarish
uchun,kechasi o'g'lining
yotoqxonasiga keladi va uning
sevib qolgan ko'nglini vujudidan
yulib oladi va shu kechada qalin
o'rmondagi qor bilan qoplangan
katta qasrga kelib qasrning
eshigini taqillatadi.Qasrdan
g'azabga to'la jaxldor kelishgan
Shahzoda chiqib
keladi.Kashsheyning onasi
Shahzodadan bir kechaga
tunashga joy berishini
so'raydi.Shahzoda uning
so'zlariga e'tibor ham bermay
yo'qol deya baqirganicha eshikni
yopadi.Kashsheyning onasi
Shahzodaning bag'ritoshligini
bilib uning tosh yuragiga
Kashsheyning ko'nglini joylaydi
va Shahzodaga shunday deydi.
"Qachonki seni go'zal va
sohibjamol qiz sevib
qolmagunicha,sen shu maxluq
xolatida yashaysan,ko'ngling
ham o'sha kunda erib sevgi
muhabbat nimaligini anglaydi"
deya uni mahluqqa aylantirib
qo' yadi.Bu paytda Yalmog'iz
qizning Onasi,tunda qizining
kulbasiga keladi va unga sexrli
supurgi beradi.Supurgiga sexrli
so'zlarni aytib qizini uzoq-
uzoqdagi sexrgarlar maktabiga
olib borishini aytadi.Qizning
hayolidagi Kashsheyga bo'lgan
muhabbatini o'chirib tashlaydi va
Yalmog'iz qiz onasining
supurgisida xozirgi Garri
Potterning o'qib yurgan
maktabiga uchib ketadi,aslida
Yalmog'iz Qiz Garri Potterning
onasi edi.Tong otadi Kashshey
uyg'onib ko'nglida xech narsani
sezmay qoladi.U juda boshqacha
telbaga o'xshab qolgandi,onasi
uning axvolini ko'rib xato ish
qilganini tushunadi.Kashshey
g'alati qiliqlari bilan bazida o'zini-
o'zi o'ldirmoqchi bo'ladi.Buni
ko'rgan onasi Kashsheyning
jonini sug'urib oladi va uning
yuragini ignaning uchiga quyib
uni suvga tashlaydi.Suvda suzib
yurgan baliq ignani uchidagi
yurakni ko'rib bu qarmoqdagi
chuvalchang deb o'ylaydi va uni
yeb qo'yadi.Oradan kunlar
o'tib,baliqni katta o'rdak tutib
oladi va uni yeb qo'yadi.O'rdak
shu bilan uzoq-uzoqlarga uchib
ketadi.Shu kundan boshlab
Kashshey Tirik, O'lmas
Kashsheyga bag'ritosh insonga
aylanadi.Kashsheyning yuragi
esa o'rdakning tuxumida
qoladi.O'rdak aslida oddiy o'rdak
emasdi u oltin tuxum qo'yadigan
o'rdak bo'lib,qachonki yer
yuzidan Jek ismli yigitning aqliga
loviyani yerga ekish kerakligini
anglab yetgach.Mana shu loviya
poyasi orqali o'rdakning
makoniga chiqib keladi va
Kashsheyning joni bor tuxumni
yerga olib tushadi.Lekin tuxum
hali ham ochilmagan va
Kashshey xozirgi zamonimizda
ham Tirik...
Kashshey Tirik haqidagi ertagim
shu yerda tugaydi,agar sizlarga
xazilomus ertagim yoqqan bo'lsa
unda keyingi Shanba kunida
aytadigan ertagim-
"Uchta Cho'chqacha Va Bo'ri"
Haqida bo'ladi...
Qanday Unutding Nega Bo'risan
Ayt, Nega Bizni Yeysan Ayt, -Eeey
nima deyapman Ummonni Uchta
Cho'chqachaga nima a'loqasi
bor...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев