o'ylab gapir (axloqiy
hikoya)
Bir yoshi katta odam o’z
o’gli bilan poezdga chiqib
joylashishdi. Poezd
yurishga otlanayotgan
edi. Hamma yo’lovchilar
o’z joylarini eggallashi
bilanoq sekinlik bilan
poezd yura
boshladi.Qariyaning o’gli
poezd yurishi bilan
hursand bo’la boshladi.
Uning yoshi 25 da bo'lib
oyna tarafga yaqin joyda
o’tirgan edi. Ularning
ro’parasida bir oila ham
bor edi. O’gil Poezd
xarakatga tushishi bilan
qo’lini oynadan chiqarib ,
atrofni kuzatib o’z
otasiga: “Otajon qarang,
hamma daraxtlar ortda
qolib ketyapti”-deb
baland ovozda otasini
e’tiborini torta boshladi.
Ota judayam hursand
bo’ldi va kulib qo’ydi.
Ularning oldidagi oila
hayron bo’ldi, chunki 25
yoshli yigit huddi
bolalarcha hursand
bo’layotgan edi…
To’satdan yigit : “Otajon,
qarang hayvonlar va
bulutlar poezd bilan birga
yuryapti”-deb, yana o’z
otasini e’tiborini tortdi.
Bir ozdan so’ng yomg’ir
tomchilay boshladi, oyna
ochiqligi sababli yigitning
qo’liga yomg’ir tomchilari
tushdi. Shunda u hursand
bo’lib otasiga: “Otajon,
qarang yomg’ir tomchilay
boshladi”-deya, baqirdi.
Otasi yanada hursand
bo’lib kulib qo’ydi.
Yana ro’paradagi oila
yigitga hayron bo’lib
qarashdi va yigitning
otasiga : “Nima uchun
o’glingizni doktorga
ko’rsatmagansiz, u huddi
yosh bolaga o’xshar ekan,
bizningcha siz o’z
o’glingizni doktorga
ko’rsatib uni
davolatishingiz kerak”-
deya, maslahat bera
boshlashdi.
Shunda ota: “Ha albatta,
biz xozirgina doktordan
kelyapmiz, mening o’glim
25 yildan so'ng, faqat
bugundan boshlab ko’zi
ko’ra boshladi”-deb,
javob berdi.
Bu hikoyadan oladigan
foydamiz shuki, har
birimiz biror narsa
haqida to’gri
ma’lumotga ega
bo’lmasdan turib u
haqida gapirmasligimiz
va hulosa chiqarishga
shoshilmasligimiz kerak
ekan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев