tabiat behad go'zallik ato
etgan edi. Faqat uning o'zi bu
go'zallikni ko'ra olmasdi. Qiz
dunyoga ko'zi ojiz bo'lib
kelgandi. Shunga qaramasdan
dunyo go'zalliklarini ko'rish
baxtidan bebahra qolgan qizga
boshqa bir baxt nasib etdi:
sevish-sevilish... Yigit uni behad
sevardi. Unga turmushga chiqish
taklifini aytib
charchamasdi. "Qachonki sizni
ko'zlarim bilan ko'rsam, keyin
mayli, turmushga chiqaman", -
derdi qiz har doim.
Ne baxtki bir kuni shifoxonadan
unga donor topildi va qizning
közini operatsiya qilishdi.
Operatsiya muvaffaqqiyatli o'tdi,
endi qiz nafaqat o'z go'zalligini
balki dunyoning bor ajib
go'zalliklarini, osmonni, gullarni
va eng muhimi, sevganini ko'ra
olardi. U yigitni topdi, ammo bilsa
yigitning ham xuddi u kabi
ko'zlari ojiz ekan. Yigit
boshini egganicha so'radi: "Endi
meni ko'ra olasan, menga
turmushga chiqasanmi?" Uning
ko'rligini bilgach xafsalasi pir
bo'lgan qiz javob berdi: "Biz
baxtli bo'lolmaymiz, axir sen
ko'rsan..." Yigit achchiq jilmaydi
va ma'yus ovozda gapirdi: "Mayli,
endi oramiz ochiq... Men har doim
baxtli bo'lishingni istaganman.
chunki mensini sevaman
O'zingni va...mening ko'zlarimni
ehtiyot qil..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5