Odobni kimdan o'rganish kerak? To'qayda o'ta yirtqich bir sher maskan quribdi. Bo'ri bilan tulki erta-yu kech uning xizmatida ekanlar. Kunlar-dan bir kuni sher bir jonivorni o'ldirib, bo'riga:
— Qani buni o'rtada taqsimla!
— deb buyuribdi. Bo'ri o'ljani uch qismga bo'lib, bir qismini sherning, ikkinchisini tulkining oldiga qo'yibdi; uchinchisini esa o'ziga olibdi. Bundan sherning fig'oni chiqib, o'z ulushini ham bo'rining oldiga otibdi. Bo'ri qo'rqqanidan dir-dir titrab, nima qilarini bilmay qolibdi. Sher tulkiga:
— O'ljani sen boshqatdan taqsim qil!
— deb buyuribdi. Tulki o'ylab ham o'tirmay, har uchala bo'lakni olib sherning oldiga qo'ydi. Sher tulkining farosati va odobiga qoyil qolib:
— Sen bunaqa odobni kimdan o'rgangansan?
— deb so'radi.
— Sher bilan bo'ridan,
— deb javob qildi tulki.
MAQTANCHOQNING QISMATI
Bir kuni arining ko'zi zo'r mashaqqat bilan iniga don sudrab borayotgan chumoliga tushdi. Tamagirligi tutib, unga dedi:
— Ey chumoli! O'zingni buncha azobga qo'yib nima qilasan? Mening hayotim, yemish- ichmishimga qarab ish tutsang bo'lmaydimi? Podsholar dasturxonidagi biror taom mensiz yeyilmaydi. Shamolni minib uchaman, istagan yerga qo'naman, nishimni yovning jigariga sanchaman. Xullas, nimani ko'nglim tilasa, shuni yeyman. So'ng parvoz qildi va to'g'ri qassobning do'koniga borib, osib qo'yilgan go'shtga qo'ndi. Qassob qo'lida pichog'i bilan uni mo'ljallab bir urgan edi, ezg'ilanib ketdi. Chumolilar uni sudrab ketdilar.
SHIJOATLI CHUMOLI
Chumoli jon-jahdi bilan o'zidan o'n baravar katta chigirtkani sudrab borardi. Ko'rganlar taajjublanardilar:
— Chumolini qaranglar-a, qiltiriq holi bilan shunday og'ir yukni sudrab ketayapti-ya? Chumoli xoxolab kuldi va dedi:
— Mardlar yukni jussasi va qudrati bilan emas, balki g'ayrat va shijoati bilan tortadilar.
ZANJIRBAND FIL
Qaysidir bir mamlakatda hayvonot bog'ida keksa fil bor ekan. Zanjirband fil yuz yil davomida qoziq atrofida aylanibdi. Oqibatda zanjir yeyilib, uzilibdi. Shundan keyin ham fil maromini buzmasdan uzilgan zanjirni sudrab qoziq atrofida yana yuz yil aylangan ekan.
TOSHBAQA BILAN CHAYON
Toshbaqa bilan chayon do'st edilar. Bir kun ular safarga otlandilar. Nogoh yo'lda bir anhorga duch keldilar. Chayon o'ta olmasligini sezib, hayron bo'lib to'xtadi. Toshbaqa dedi:
— Ey aziz do'stim, senga nima bo'ldi, g'amgin bo'lib turibsan? Chayon dcdi:
— Birodar, men bu suvdan qanday o'taman,
— deb hayronman. Toshbaqa dedi:
— Cam yema, orqamga mindirib, seni suvdan bexa-tar o'tkazib qo'yaman. Toshbaqa chayonni orqasiga mindirib, suvga tushdi. Suzib borayotganida uning qulog'iga bir narsaning tiqir- Iagani eshitildi va chayonning harakatidan shubhalanib so'radi:
— Eshitayotganim qanday ovoz
— nima qilyapsan? Chayon javob berdi:
— Nishimni sening qalqoningga sanchib ko'rayapman. Toshbaqa dedi:
— Men o'zimni girdobga tashlab, seni suvdan bexatar o'tkazmoqchi bo'lsam-u, sen orqamga nish ursang. Bila-sanki, nayzang mening qalqonimga zarar yetkazol-maydi. Chayon dedi:
— Mening odatim xoh do'st orqasiga, xoh dushman siynasiga bo'lsin, nish urishdan iborat.
— Donishmandlar yomonga yaxshilik qilma, deb be-korga aytmaganlar. Shunday deb, toshbaqa suvga sho'ng'idi, chayon esa suvga tushib, halok bo'ldi.
OQIBATLI BO'RILAR
Cho'pon istiqomat qiladigan uydan uncha olis bo'lmagan joyda bo'ri bolalaydi. Cho'pon o'z ishlari bilan band bo'lib, bo'rining oilasiga xalaqit bermaydi. Bo'rilar ham o'zlari bilan o'zlari bo'lib, cho'ponga hech qanday zarar-zahmat yetkazmaydilar. Juda uzoq vaqt qo'shni sifatida tinch-totuv yashaydilar. Ovul yigitlari bir necha marta bo'rining bolalarini olib ketmoqchi bo'ladilar, ammo cho'pon ularga ruxsat bermaydi. Dunyoda bolasidan ayrilib qolgan bo'ridan ham qahri qattiq yirtqich bo'lmaydi. Ba'zan bo'rilar otardagi barcha qo'y-qo'zilarni bir kechadayoq bo'g'izlab ketadi. Er-xotin bo'rilar oilasi oqibatli qo'shnisining otarini begona qarindoshlaridan himoya qiladi; yot bo'rilami yaqin keltirmaydilar. Lekin, kutilmagan hodisa ro'y beradi. Oftobshuvoqda inidan chiqqan bo'ri bolalari o'yinqaroq-lik qilib, tasodifan bitta qo'zichoqni o'ldirib qo'yishadi. Buni cho'pon ham ko'radi. Ertasi kuni, qani endi bo'rilar o'zlarini qanday tutishar ekan, deb o'ylaydi cho'pon. Ne ko'z bilan ko'rsinki, otarida bo'yniga arqon bog'langan oppoq bitta qo'zichoq yuribdi. Bu begona edi. Ajabki, bo'ri bolalarining kechagi qilmishidan uyalgan ota-ona o'sha kechasiyoq birovning otariga kirib, u yoqdan bitta qo'zichoqni o'g'irlab keladilar-da, qo'shni cho'ponga «sovg'a» qiladilar. DAVOMI KAMENTDA.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5
Bir qarg'a mushuk bilan juda do'st bo'lib ketdi. Bular o'rmondagi bir daraxt tagida har kuni shirin-shirin suh-batlashib o'tirardilar. Bir kuni mana shunday suhbatlashib o'tirgan paytlarida uzoqdan bir qoplonning bular tomonga qarab kelayotganini ko'rib qoldilar. Qarg'a pir etib uchib, daraxtning eng yuqori shoxiga qo'ndi. Mushuk nima qilishini bilmay daraxtga tirmashdi. Zo'r-bazo'r daraxtning eng past shoxiga chiqib olib, barglar orasiga yashirindi va qarg'aga zorlanib:
— Do'stim, halokat ostidaman, sening yordamingga muhtojman, bir iloj qilib meni bu qo'rqinchli ahvoldan qutqaz,
— dedi. O'sha daraxtga yaqin ycrda cho'ponlar yurgan edilar. Qarg'a uchib borib cho'ponlarning otlaridan birining boshi-ga qanoti bilan urdi. Itlar qarg'ani tutib olish uchun yugur-dilar. Qarg'a uchib borib yana bir yerga qo'ndi, itlar yana qarg'ani quvlab kctdilar. Shund...ЕщёDO'STLIK SINOVI
Bir qarg'a mushuk bilan juda do'st bo'lib ketdi. Bular o'rmondagi bir daraxt tagida har kuni shirin-shirin suh-batlashib o'tirardilar. Bir kuni mana shunday suhbatlashib o'tirgan paytlarida uzoqdan bir qoplonning bular tomonga qarab kelayotganini ko'rib qoldilar. Qarg'a pir etib uchib, daraxtning eng yuqori shoxiga qo'ndi. Mushuk nima qilishini bilmay daraxtga tirmashdi. Zo'r-bazo'r daraxtning eng past shoxiga chiqib olib, barglar orasiga yashirindi va qarg'aga zorlanib:
— Do'stim, halokat ostidaman, sening yordamingga muhtojman, bir iloj qilib meni bu qo'rqinchli ahvoldan qutqaz,
— dedi. O'sha daraxtga yaqin ycrda cho'ponlar yurgan edilar. Qarg'a uchib borib cho'ponlarning otlaridan birining boshi-ga qanoti bilan urdi. Itlar qarg'ani tutib olish uchun yugur-dilar. Qarg'a uchib borib yana bir yerga qo'ndi, itlar yana qarg'ani quvlab kctdilar. Shunday qilib, qarg'a ucha-ucha itlarni o'sha daraxtning yoniga keltirdi. Qoplon daraxt tagida mushuk yeyishni mo'ljallab turgan edi. Itlar qoplonni ko'ra solib, birdan unga hujum qilishdi. Qoplon tumtaraqay bo'lib qochdi, itlar uning orqasidan quvlab ketdi. Shunday qilib, qarg'a o'z do'sti mushukni halokatdan qutqazdi...