uylarning birida ko'zlari moviy,
sochlari tim qora, yanoqlariqizil,
go'zal bir qiz yashardi.U sira
jilmaymas, doim g'amgin yurardi.
Chunki u og'ir hastalikka chalingan va
öz ölimini kutardi. U har kuni deraza
oldida o'tirib, uyi qarshisidagi bir
daraxtga termulardi. O'ziga-o'zi shu
daraxt barglarini to'kib
bo'lganida, men olamdan ko'z
yumaman deb ishonardi.
Oradan vaqtlar ötib kuz keldi va
daraxtning barglari asta- sekinlik
bilan
to'kila boshladi. Qiz bölsa kun sanab
daraxtga tikilib ötirardi. Ötayotgan
har bir kun göyoki oxirgisi
böladigandek tuyulardi unga.
Barglarning tezroq tökilib, bu
azoblardan tezroq xalos bölishni
istardi. Nihoyat qish kelib daraxtda
qöl b-n
sanarli bir-necha yaproq qoldi.
Qizning bölsa rangi sönib borar,
umidsiz yashashda davom etardi.
Nihoyat daraxtda bittaginabarg
qoldi. Qiz shu kuni hardoimgidan
ham ma'yus va sölg'in edi. U tun
chökkanida, ertangi kun bu hayotni
tark etaman deya yostiqqa bosh
qo'ydi. Shu kuni tunda qattiq shamol
bo'lib, yomg'ir yog'di. Tong otib qiz
uyg'ondi va nafas olayotganligini,
hali tirik ekanligini öylab, nima
bo'lganiga
tushunmasdan deraza qarshisiga
bordi. Daraxtdagi sönggi
yaproq xuddi kechagidek, sovuq
shamolda tebranib turardi. Qiz
jimgina nigohini yaproqdan
uzdi va ertangi kunni kuta boshladi.
Ertasi kun yana tongda uyg'onib
deraza tomon shoshildi. Zafaron barg
hamon öz joyida mag'rur turar,
uning bu turishi qizni hayron
qoldirardi. Ertasiga, ertadankeyin, va
undan keyin ham... Barg xuddi hech
qachon tökilmaydigandek edi. Qiz
nima bölayotganligiga tushunmas,
lekin uning ham osonlikcha jon
bergisi kelmas, hech bölmasa shu
bargchalik yasha u-n kurashgisi
kelardi. Unda hayotga ishonch
uyg'ongan va eng muhimi
yashashda davom etardi... Shu tariqa
bahor kelib daraxt yangidan kurtak
chiqara
boshladi. Shifokor qabulidabölgan
qiz tuzala boshlaganligini
eshitib sevinardi. U ösha kuni
nihoyat najotkor yaproqqa qarab
tabassum qilib qöydi...
Bu voqea möjiza va bir vaqtning
özida möjiza emas edi. Möjizaligi
shundaki, bu hodisa tufaylihayotdan
umidi uzilgan birqiz hayotga qaytdi,
möjiza emasligi esa bu hodisaningasl
sababchisi bilan bog'liq edi.
Qizning uyi röparasidagi köp qavatli
uyda bir rassom yigit yashardi.
Yigitröparadagi uyda
yashovchi közlari moviy, sochi tim
qora, lekin sira kulmaydigan gözal
qizni yoqtirardi. U qizni har kun
soatlab kuzatar, uning suratini
chizishni istar va bu surat asarlari
ichida "shoh asar" bölishini orzu
qilardi. U qizni kulib turgan
chehrada suratda tasvirlashni va bu
orqali qizga tabassum
naqadar yarashishini aytishni istardi.
Bir kuni u qizning og'ir
hastaligini va röparadagi daraxt
barglari tökilib bölgan kun joni
uzilishiga ishonishini bilib oldi. U
qizning ma'yusligidan siqilar,
uning uzoq yashashini, baxtli
bölishini istardi. Qish kelib daraxtda
bitta yaproq qolganida u qizda
yashashga umid
uyg'otish yölini topdi. U haqiqiysidan
farq qilmaydigan darajada öxshash
barg rasmini chizib, sönggi tunda
unda daraxt shoxiga mohirona
örnatib qöydi. Shu kuni kuchli
yomg'ir yog'di. Tongda qizning
hayratini körib, öz ishidan sevindi.
Ertasiga, ertadan keyin, undan keyin
ham... Yigit har kuni bargni
almashtiribturardi, sovuq kunda
ham, qor yog'ganda ham... U qizning
yashab ketishiga astoidil harakat
qilardi. Bahor kelgach,
qizning yuzida ilk marta kulgu kördi.
U endi nihoyatözining "shoh asari"ni
chizishi
mumkin edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3