Tez-tez yurib öz xonasiga kirib ketdi. Kravatiga ötirdiyu, közlaridan tomchilayotgan yoshni sidirib tashladi. Qöliga tel ini oldi. Undagi yigitning jilmayib tushgan suratiga bir zum termulib qoldi. Keyin unga sms yubordi: "Uni sevasizmi?" Yigit: "Ha" Qiz: "U chiroylimi?" Yigit: "Juda ham" Qiz: "U sizga shunchalik azizmi?" Yigit: "Jonimdek" Qiz: "U kim? Ismi nima?" Yigitdan sms kelmadi. Uzoq vaqt kutib, yuragi qon bölib ketgan qiz eshik ochilganida chöchib tushdi va qölidan tel i tushib ketdi. Qizning onasi ekan. Sekin kelib qizining yoniga ötirdi va gap boshladi: "Qizim haligi kungi sovchilar yana kelibdi. Adang özidan söra dedilar. Bizaga u yigit ma'qul böldi. Öqiganakan, oilasi ham yaxshi. Suriwtirdik, hamma maqtadi. Nima deysan a?" Qiz javob berish örniga yig'lab yubordi. Ayni damda u yigitning uylanyapman deganini öylardi. Ona qizini yupatdi: "Qiz bolaning taqdiri bu, köngil qöyganing bölsa ayt. Bölmasa, sovchilar kutib turibdi. Manga qolsa shulaga xöp deyaqol!" Ona gapirgan sari qiz tinmasdan yig'lardi. U köngil qöygani uylanyotganligini qanday qilib aytish mumkinligini bilmasdi. "Nega indamaysan axir? Bir nima desangchi!" Qiz birdan yig'lashdan töxtadi: "Öziz bilasiz..." "Nima?" Qiz: "...siz nima desaiz shu"... Qiz onasi chiqib ketgach yengil tortdi. U yuragida qasd oldim deb özini yupatardi. "Buni men emas, siz xohladiz",- öylardi u. Qiz deraza pardasi chetini tortib sovchilarning xursand holda ketishlarini tomosha qilib turdi. Keyin kravatiga qaytib kelib ötirdi. Shu onda uning hayolini sms ovozi böldi. Yigitdan sms kelgandi: "Ösha juda chiroyli, men jonimdek sevadigan, men uylanishim mumkin bölgan yagona qiz SENSAN. Seni sevaman!" Qiz sms ni 2 marta qayta öqib chiqdi. Endi uning köz yoshlarini hech nima töxtata olmasdi...•••
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3