Ismaloq xalq tabobatida ham
keng ishlatiladi. O‘simlik gullagan
vaqtida yig‘iladi va soya yerda
quritiladi, ba'zan quritmay ham
qo‘llaniladi. Ismaloqning poya va
barglarida vitamin S, V1 va V2, R
karotin, qand moddalar, organik
kislotalar, oqsillar va boshqa
moddalar mavjud.Ismaloq
barglaridan tayyorlangan
damlama kamqonlikda, tomoq,
o‘pka va asab kasalliklarida davo
hisoblanadi. Qorin va
ichaklarning yallig‘lanishiga
qarshi yaxshi foyda qiladi.
O‘tmishda Ibn Sino bobomiz
ham ismaloq bargidan
tayyorlangan damlamani
yo‘talga qarshi, balg‘am
ko‘chiruvchi, qabziyatga qarshi,
safro haydovchi vosita sifatida
qo‘llagani ma'lum.
Jannatmakon yurtimizda ismaloq
kabi shifobaxsh giyohlar, o‘t-
o‘simliklar ko‘p. Biz esa bu
o‘simliklarni asrab-avaylashimiz,
ulardan o‘z vaqtida to‘g‘ri
foydalana bilishimiz lozimdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4