yetolmagach yigityugurishdan
töxtadi. "Jin ursinösha
svetaforni,-
hayolidanötkazardi u,-
ertaroqharakatlanish kerak
edi.Qayerdanam ösha
betayinningmashinasiga
ötirdim!" U asabitarang holda
ortga ögirildi. Shuvaqtda xuddi
özi kabi poyezdortidan
afsuslanish bilan qarabqolgan
qizga közi tushdi. Qizninguzun
sochlarini shamol
öynab,xafaqon yuzlariga
tushirarkan,yigit undan
közlarini uzolmayqoldi.
Haqiqatda, qarshisidajudayam
sohibjamol 21-22yoshlar
atrofidagi qiz turardi. Qizham
yurishdan töxtadi. Uningshaxlo
közlari anchagina olislabketgan
poyezdga termulgan köyiyig'lab
yuborishga tayyorturardi.
Yigitga qizning bu
holatijudayam g'alati, özgacha
jozibalituyulardi. Ayni damda
yigitpoezdni unutib ham
yuborgandi."Yaxshiyam shu
svetafor borekan", -
tabassum qildi u. Qiz
hamtaqdirga tan berdi shekilli,
yigittomonga qaradi. - Salom, -
dediyigit. - ... - Poezdda
ketadiganodam bunday
ertaroq harakatqilishi kerakda.
- Sizga öxshabmi,-kuldi qiz. -
Yöq, men poezddansizni körib
tushib qoldim. Qizjavob bermay
vokzal ichi tomonyöl oldi. Yigit
unga yetib oldi vagapirishda
davom etdi: - Bushaharda
hamma shoshadi,
xattopoezdlar ham. - Sizchi? -
Menmi?Shoshib qayerga ham
borardim.Taqdirimda nima
yozilgan bölsashu. Kechirasiz,
siz taqdirgaishonasizmi? - Yöq.
- Bekorqilasiz. Qiz kassaga
borib keyingipoezd qachon
bölishini söradi. 8soatdan keyin
degan javobnieshitgach, juda
xafa böldi. Yigitniesa ushbu
javob mutlaqoxursand qilib
yuborgandi. Chunkibu gözal qiz
tobora uni maftunqilib borardi.-
Afsus,- dedi qiz.Yigit bölsa,
kassadagi qizgaminnatdorchilik
bildirdi:- Rahmat sizga, iloji
bölsa yanaqöshimcha 8 soat
ushlabturinglar ösha
poyezdni.Qiz yigitni kuzatib
turarkan,uning özini tutishidan
hayronqolardi.Qiz odamlar
gavjum bölgankutish zalidagi
örindiqlardanbiriga borib ötirdi.
Biroz ötgachyigit ham uning
yoniga kelibötirdi.- Mening
ismim ... , bu
shahardamehmonman. Sizchi?-
Men ham mehmonman,-
javobberdi qiz.- Ismingizni
aytmaysizmi?- Zarurati yöq,
ishonavering.- Albatta...
Ishonish yarim
g'alabadegani.Qiz qöng'iroq
qilish uchunchetroqqa chiqdi.
Qayergadirqöng'iroq qildi. Yigit
uni diqqatbilan kuzatardi...Qiz
qaytib kelgach yigit
undansöradi:- Uzr, ruchka
topiladimi?Qiz sumkasidan
ruchka olibyigitga uzatdi.
Yigitdabdurustdanruchka bilan
qöliga nimanidiryozdi-yu qizga
ruchkasiniqaytarib berdi. Bir oz
ötgach qizörnidan qözg'aldi.
Yigit:- Sizni uyda
kutishyapti,shunaqami?- Ha.-
Avtobusda 6 soatlik
yöl.Umuman olganda
keyingipoyezdni kutishning
foydasihamyöq. Maylimi, sizga
hamrohlikqilsam? Faqat yöq
demang.- Nega endi yöq
demasligimkerak?- Chunki,
meni taqdirimga sizbilan bitta
avtobusda birgaketishyozilgan
bölishi kerak.- Aytdimku, men
taqdirga ishon...Qiz oxirigacha
gapirolmadi.Aniqrog'i yigit
kaftlariga haliroqqizning
ruchkasi bilan yozganyozuvni
unga körsatgachhayratdan
gapirishdan hamtöxtab qoldi.
Yigitning qöligabejirimgina
harflarda qizningismi
yozilgandi. Qiz örnidanqözg'alib,
allaqachon chiqisheshigi tomon
yönalgan yigitdansöradi:-
Qayerdan topdingiz?Yigit qizga
ögirilib qaradi, qöliniavval
köksiga, keyin peshonasigaolib
bordi-yu kulib javob berdi:- Buni
taqdir deydilar...* * *Qiz va yigit
shaharlararoqatnovchi
avtobusga chiqishdi.Biroz jim
ötirishgach yigitkamzulining
kissasidan judayamixcham,
lekin öta chiroyli kichikgul
g'uncha olib qizga tutdi:-
Tug'ilgan kuniz bilan!Qiz
közlarini katta-katta
ochibyigitga qarardi. Haqiqatda
bugununing tug'ilgan kuni, shu
sababuyiga shoshilayotgandi.
Yonidaötirgan öta qobiliyatli
quvnoq"folbin" esa uni
hayronqoldirishda davom
etmoqda edi.- Q...Qayerdan
bildiz?- Buni jon deb aytardim-
uzaruriyati yo'q, ishonavering,
-kuldi yigit.- Jiddiy so'radim.- Bu
muhim emas, muhimi
siznibirinchi bölib men
tabrikladim.- Haya, rahmat,-
qiz jilmaydi.Biroz surbetroq,
lekin bu özigajuda
yarashadigan kelishganyigit
qizni tabassum
qilishgamajburlay
olardi.Avtobus yölga chiqdi. Yigit
qizgaqiziq narsalar haqida
gapiribberar, u oddiy narsalar
haqidaham shunday kulguli va
jumboqligapirardiki, qiz miriqib
kulardi,teran öyga tolardi. Bir
soatchayurishgach qiz yigitdan
söradi:- Endi ismimni qanday
qilibtopganizi ayta qoling.Yigit
biroz jim qoldi, keyin
qizgaqaramasdan söz
boshladi- Dunyoda shunday
toifaliinsonlar borki, öz fikrini
siz-umenga
shunchakibildirolmaydilar.
Eshitishadiyuzabonlari yöq,
yoki aksinchaeshitmaydilar.
Men shundaykishilarga öz
fikrlarini ifodalayolish san'atini
örgataman.Kasbim shunaqa.
Qöl harakatlariorqali, lablarning
qimirlashi orqaliularning nima
haqdagapirayotganlarini
tushunaolaman. Endi siz
haqizda,menimcha vokzalda
oyijonizgaqöng'iroq
qilgandiz...Qiz vokzaldagi oyisi
bilan telefonsuhbatini yodga
oldi:- Allo, Assalom-u alaykum
oyijon,bu men ...man.-
Voalaykum,
poyezdgachiqdingmi? Qachon
yetibkelasan?- Oyi, poyezddan
qolib ketdim.Mehmonxonada
tölovlar böyichamuammo böldi.
Kelsam, poyezdketib bölibdi.
Endi avtobusdabora qolaman.
Shuning uchun3-4 soat
kechikaman, xavotirolmang.-
Vaqtliroq harakatingni
qilsangbölmaydimi? Bu yoqda
hammaseni kutib ötiribmiz.
Bugungikunni unutdingmi?-
Bilaman, oyijon. Buguntug'ilgan
kunim. Unutibbölarkanmi,
kechiring, shunaqabölib qoldi.
Böldi, mana yölgachiqyapman.-
Xöp qizim, yölda ehtiyot bölgin.-
Xöp oyijon, xavotir olmang...Qiz
uni
telefondasuhbatlashayotgan
chog'idakuzatib ötirganini
yodga oldiyuhammasini
fahmladi. Barchasiravshan
bölgach qiz kuldi:- Demak siz
joyizda ötirgan
holdauzoqdagilarning ham
nimahaqda gapirayotganligini
bilaolasiz, shunaqami?- Agar
lablari harakati körinarlibölsa,
ha.- Unda anavi orqa
örindiqdaketayotgan oq sochli
odamyonidagi ayolga nima
haqdagapiryapti?Yigit
orqaroqda ötirgan öshakishi
tarafga bir muddat qarabturdi.
Keyin qizga uning nimahaqda
gapirayotganliginitushuntirdi:- U
qizi haqida gapiryapti.Yonidagi
turmush örtog'i,qizlarini
körishga ketayotganbölishsa
kerak.- Qizlarini?- Ha. Qizlari
shifoxonada ekan.- Hm... Anavi
oldingi örindiqyonida tik turib,
hozir bizgaqarab jilmayayotgan
qiz nimahaqda gapiryapti?Yigit
ösha tarafga qarab
kulibyubordi. Qizning
ma'noliqarashiga sokin javob
berishgaurindi:- U siz haqizda
gapirdi. Menimchaaytmaganim
ma'qul.- Men haqimdami?
Ayting, nimadedi u?- Yaxshi, u
anavi chiroyli qizerining qölidan
mahkam ushlabolibdi, xuddi
qöyib yuborsa menolib qochib
ketaman, dedi.Qiz yarq etib öz
holatiga diqqatqildi. Chindan bu
öyinningqiziqligi gashtidan
mashg'ulotgaberilib ketgan va
yigitning öngqölini siqib olgandi.
Buni özibeixtiyor bajarganligi
uchunahamiyat bermagandi.
Qiz darholqölini tortib oldi. U
oynadan yölchetida yastanib
yotgandalalarni tomosha
qilishgatushdi. Uning yuzi
yonardi. "G'alati... Uyatmi bu?
Erimish...Odamlarga ham
hayronsan,bilmasdan
gapiraverishadi",-öylardi qiz.
Jilmaygancha hayolsurayotgan
qizning hayoliniyigitning ovozi
böldi:- Hey...- Hm?- Avtobus
yölda töxtarkan, ul-bultanavvul
qilvolish kerak.- Hm.- Yana "hm"
mi?- Hm...Yengil kulgu, haliroq
yuzagakelgan öng'aysizlikni
hayollardanbir chetga surib
tashladi.Avtobus yöl chetida
birozturgach, yana yölga
chiqdi. Qizjudayam
charchagandi. Yigitningqaysidir
mavzudagi sokin
sözlarita'sirida közi ilindi...- Allo,-
qizni uyg'otdi yigit,-uyg'oning
malika, shahrizgayetib
keldik.Qiz avtobus
oynasidantashqariga qaradi.
Darhaqiqatyetib kelishibdi. Yana
bir ozyurishsa bas.- Mana bu
sizga,- yigit qizgatumor tutdi
shu payt,- tug'ilgankuniz bilan!-
Rahmat, hojati
yöq,shundog'am yetarlicha
syurprizkun böldi bugun.-
Sovg'ani qaytarishmaydi.Tög'ri,
bu tumor u qadarqimmatbaho
emas, ammo menuchun qadrli.
Bu sizga ham omadkeltiradi.Qiz
sezdiki, sovg'ani olmasa
yigitxafa böladi.- Rahmat,- dedi
qiz bejirimtumorni qöliga
olarkan,- chindanomad
keltiradimi?- Albattada.-
Unaqada, poyezdga nega
kechqoldiz?Qizning jilmayib
söragansavolidan söng yigit
uningközlariga qaradi va kulib
javobberdi:- Poyezddan qolib
ketganimnikim omadsizlik
dedi...Qizning yuragi jizillab ketdi
shuonda...Avtobus töxtadi. Yigit
va qizavtobusdan
tushishdi.Xayrlashish kerak
edi-yu, lekinnegadir bunday
qilishda ulardaxohish
topilmasdi. Nihoyat, qizjimlikni
böldi:- Mayli, hammasi uchun
rahmatsizga, omon böling.- Siz
ham.- Xayr...- Nega endi xayr?
Balki yanauchrashib qolarmiz?
Qiz jilmaydi:- Qaydam...- Men
esa ishonaman,- yigit
qöliniavval yuragi ustiga,
keyinpeshonasiga olib bordi,-
axirbuni taqdir deydilar...Qiz
yigitga sönggi bor
jilmaydiyuburilib ketdi. Ketardi-
yu yuragidukullardi. Hayolida
faqat bir sözaylanardi: buni
taqdir deydilar...Birinchi bor
uchrashdilar-ubirinchi bor
ayrilmoqda edilar...Qiz ancha
yurib ortiga ögirilibqaradi.
Ancha narida birozsurbetroq,
lekin bu özigayarashadigan
kelishgan yigitxuddi u kabi
ögirilib unga qarabturardi ...Yigit
shu kun bir kichike'tiborsizlikka
yöl qöygandi. Bue'tiborsizligi
ehtimol bir vaqtningözida uning
ulkan xatosi hamedi. U qizdan
telefon raqamini,hechbölmasa,
ish joyi yoki manzilinisörashni
unutgandi. Buninguchun
qanchalar afsuschekmasin,
endi befoyda edi.Ösha
sohibjamol qizning
gözalchehrasi har daqiqada
közöngida paydo
bölaverardi.Avtobusda qiz
uning yelkasigaboshini qöyib
uxlab qolganidagihayajonli
holatini öylab qolardi.Bir kun...
Ikki kun... Uch kun... Yöq,ortiq bu
taxlit yashab bölmaydi.Uni
topish kerak. Sevib
qolganiniaytish kerak. Lekin
qanday qilib?Faqat ismini-yu
tug'ilgan kuninibilsa? Keyin
dizayner ekanligima'lum. Endi
faqat qidirish kerak.Axir buni
sevgi deydilar. Sevgi -bu
taqdir...* * *Oradan 5 oy
ötdi...Xiyobonda, gavjum
odamlarorasida telefonda kim
bilandirsuhbatlashib
ketayotgan yigitkimgadir urilib
ketdiyu telefoniqölidan tushib
ketdi va chil-chilböldi. Yigit
telefon bölaklariniyerdan oldi-
yu jahl bilan öshainsonga
qaradi:- Közizga qara.s... Siz?!
Yigitning qarshisida 5 oydan
beriqidirib topolmaydigan,
ösha,uning oromini ög'irlab
ketganuzun sochli qiz turardi.
Yigit uniösha xayrlashishgan
kundanboshlab qidira-qidira
hechtopolmasdi. Internetdan,
modalaruyidan, shaharning
deyarli harbir hududidan uni
qidirgandi.Lekin qiz haqida biron
ma'lumottopilmasdi. Chunki qiz
öqirdi,dizaynerlik esa uning
sevimlimashg'uloti edi xalos.
Vaqtötgan sari yigit taqdiriga
tanberaboshlagandi. Haya,
taqdir... Manau qizni yana
yigitgauchrashtirmoqda edi.-
Yaxshimisiz,- qizning
yoqimliovozi hayolini böldi.- Endi,
ha!- Telefoniz singani
uchunmi?- Yöq... Uni siz
sindirganiz uchun."Hecham
özgarmabdi". Shu fikrhar
ikkisining hayolida paydoböldi.-
Uzr sörayman,
behosdan...Tög'risi,
shoshibketayotgandim...- Ha,
bu shaharda ham
hammashoshadi.- Xatto
poyezdlar ham...Yana ösha
vaqtlardagidek kulguyangradi...-
Taqdirni qarang, sizni 5
oyqidirib topolmagandim, uni
özibizni 5 soniya ichida
uchratdi.Aytgancha, hali ham
taqdiqgaishonmaysizmi,- yigit
bir ozvaqtdan keyin, ular
chetroqdagiörindiqqa
ötirishgach qizdansöradi.- Yöq,-
jilmaydi qiz.- Unaqada nima
sabab aynan sizbilan bu taxlit
uchrashib qoldik?- Bu
tasodif...Yigit qizning shu 5 oy
ichida uniunutib
yubormaganligini sezdi.Har
holda, uchrashganlarida,
qizaytgan "poyezdlar
hamshoshadi" iborasi uni
nimadandirumidvor qilardi. Shu
kun yigit qizbilanuzoq
suhbatlashmadi. Lekin uqizning
telefon raqamini oldi.Shu kun
yigitning yuzida ulkanquvonch
shukuhi porlardi. Harholda u
qizning nima haqdadirchuqur
öyga tolib
qolayotganinipayqamasdi. U
mast edi. Baxtdanmast edi...Qiz
poyezdga kech qolgan
kunavtobusdan tushib, u
bilanxayrlashdiyu uyiga
shoshdi.Bugun u juda xursand
edi.Tug'ilgan kuni juda ajoyib
ötardi.Oilasi davrasida haqiqiy
bayramqilib nishonlashdi.
Tug'ilgan kuntorti, sovg'alar...
Mehmonlarnikuzatib,
charchagan köyi
örnigayotarkan qiz bugungi
sovg'alarichida eng ajoyibini
qöliga oldi.Bu yurakcha
shaklidagi bejirimtumor edi.
Unga qarab birozsurbetroq,
lekin bu öziga
judayarashadigan, kelishgan
yigitniöyladi. Lablariga mayin
tabassumyugurdi. Tumorni
yostig'iningostiga qöyib qöydi-
yu közlariniuyquga
yumdi.Ertasiga darsda ötiribdi-
yu hayoliözida emas. Poyezd,
avtobus..."Nimalar böldi
menga? Bir kundau haqda
shunchaöylayapmanmi? Yöq,
men sevibqolmadim. Bu sevgi
emas..." Lekinqiz nohaq edi. U
yigitni sevibqolgandi. Har tunda
yostig'iostidagi tumorni qöliga
olib,shirin hayollar qilardi. Bu
hayollaresa tobora uni yigitga
qattiqroqbog'lab borardi. Ösha
lahzalardaqiz yigit uni
qidirayotganinisezardi, lekin
hech narsa qilibbölmasdi.
Kutish kerak. Faqat shuyöl bor
edi...5 oydan söng...Qiz kunlar
ötib, yigitningkelmasligiga
ishonch hosil qildi.Qayerdan
ham kelardi. Balkibutunlay
unutib hamyuborgandir. Ayni
shu vaqtlardaqizning oilasida
uni uzatishhaqidagi mavzu kun
tartibidaturardi. Qiz borgan
sari butalablarga rad javobini
berishgaqiynalardi. Oxiri
hammasini ota-onasining
ixtiyoriga tashlabqöydi. Ösha
kunning özidayoqqizning uyidan
sovchilar rozilikjavobi bilan
chiqib ketishdi...Ular ketishdi-yu
qizni titroqbosdi. Xonasiga kirdi.
Tumorniqöliga olib yig'lab
yubordi.Negaligini özi
anglamasdi. Faqatyig'lagisi
kelardi. Chunki u endikelmaydi...
Sovchilar bolalikdagidöstidan
edi. Juda yaxshi yigit,lekin...
Nimayam qilardi?
Taqdirishunaqa ekan. Haya,
taqdir... Uyana kimnidir eslatib
yubordi.Ösha kuni qiz töyib
yig'ladi. Borhasrati köz
yoshlarga qöshilibyuragidan
chiqib ketdi.Bugun qiz
unashtirildi. Lekinyuragi hijil.
Hamma baxttilayapti. Qaydam?
Töynikuyovning ishlari tufayli
40kundan keyinga belgilashdi.
Qizözini chalg'itishga
urinardi.Xonasiga kirib har
doimgidekqadrdon tumorni
qöliga oldi.Unga bir oz tikilib
turgach yanajoyiga qaytarib
qöydi. "Yöq,bugun uni qölimda
olib yuraman.Birinchi va sönggi
bor...",- qarorqildi qiz. Xiyobonda
tumornimahkam siqib shoshib
ketardi.Keyin... Keyin urilib
ketdi.Telefoni qölidan tushib
sinibketgan yigitga qaradi-yu
qizqölidagi tumorni
qattiqroqsiqdi...Telefon orqali
suhbatlar...Uchrashuvlar...
Hammasi chiroyliedi. Qiz ham
hammasini taqdirizmiga
tashlab qöydi. Chunkiuning
sevgisi shu qadar kuchliediki,
undan shunchaki közyumib
ketolmasdi.
Haruchrashganlarida yana va
yanaqattiqroq bog'lanib
borardi.Faqat yigit
haruchrashganlaridan
söngqanchalik baxtli
kunlarningyaqinligi haqida
öylardi, qiz esayaqin
kelayotgan iztiroblivoqealarni
his qilardi. Shuninguchun qiz
hech kimgabildirmasdan köp
yig'lardi...Oradan 20 kun ötib
yigit qizgasevgi izhor qildi. Qiz
esa eshitibturib yig'lab yubordi.
Yöq, qizortiq faqat özini öylay
olmasdi.Hammasini töxtatish,
ehtimoltugatish kerak edi. Uni
quchib,yig'lama gulim
debshivirlayotgan yigitga
e'tiborham bermasdan yig'lardi
qiz...Ösha kun qiz hammasini
oyisigaaytdi. Oyisi esa dadasiga.
Otachuqur öyga toldiyu qizini
bir-necha kun yig'lashga
majburqilgan qarorni chiqardi:-
Töy böladi!Töy böladi... Yigirma
kundansöng...Ertasiga yigit
bilan uchrashgachqiz
hammasini ungaaytmoqchiydi.
Lekin, yana aytaolmadi. Yigit
ham qanaqadirmahzun
kayfiyatda edi. U qizniuzoq
bag'riga bosib turdi:- Yig'lama,
azizam senga
kulishyarashadi..."Nega
yig'layapsan" debsöramadi
ham...Ösha kun qiz yigitni
sönggi borkörib turgandi.
Ertasi kun qiz busafar yigitga
hammasini aytishuchun
uchrashuv joyiga keldi.Lekin
yigit kelmadi. Telefoniöchirilgan.
Ikkinchi, uchinchi kunham. 4-
kun yigitdan sms keldi:"Meni
kechir... Menga xorijdanyaxshi
ish taklif qilishdi.Bilasanmi,
mening kelajakrejalarim ulkan.
Bu rejada senham bor eding,
ammo endihammasi birdaniga
özgarib ketdi.Afsusdaman.
Baxtli böl..."Qiz öqib közlariga
ishonmadi.Qayta-qayta öqidi.
"Siz bundayqilolmaysiz.."
yig'lardi u. Lekinhammasi
ravshan edi. Qiz u
bilanötkazgan shirin 3 haftalik
baxtlikunlarini bir-bir
xotirladi.Sevaman degandi, endi
tashlabketdi. Alam bilan unga
javobyozdi:- Sizga aytolmagan
bir gapimbor: Meni
turmushgaberishyapti... Balki,
kelajagizniöylab, tög'ri
qilgandirsiz.Ketavering...
Umuman qaytibkelmang... Sizi
körishniistamayman.Yodizdami
, menga yurakchalitumor
sovg'a qilgandiz, omadkeltiradi
deb? Menga soxta yurakhadya
qildiz-u haqiqiy yuragimniolib
ketdiz öziz bilan. Sizgabaribir
rahmat. Menganimalarnidir
örgatdiz. Masalan,taqdirga
ishona boshladim.
Lekintaqdirlarimiz ayro ekan.
Yana birgapni sizga
aytolmaganman: Sizisevaman!
Hm... Yomon bölsaizam,bildiz...
Nafratlanaman ham...Sms
yubordi-yu telefonini suvgaotdi.
Örindiqda ötirib ezilibyig'ladi.
Hammasi tugadi...Qizning töyi
kuni ham keldi. Qizxonasida
közguga qarab
ötirardi.Quloqlari ostida esa
yigitningunga aytgan hamma
gaplari bir-bir
jaranglardi:"Poyezdga kech
qolganimni kimomadsizlik
dedi?""Kul azizam, kulish
sengayarashadi...""Buni taqdir
deydilar..."Uning yuzlariga yosh
dumaladi.Shu daqiqada uning
ortida otasiqölida qog'oz bilan
ma'yusturardi. Otasi
uningpeshonasidan öpdi:- Meni
kechir qizim...* * *20 kun
avval...Qizning otasi qizining
boshqayigitni sevib qolganini
eshitgach,chuqur öyga toldi.
Fotiha bölgan,hamma rozi.
Qudalar ham yaxshiodamlar.
Nega qanaqadir ön kunichida
qizining bu taxlit
özgaribqolganini
tushunolmasdi. Buniötkinchi
hoy-u xavas deb qabulqildi va
qizini bir necha kunyig'lashga
majbur qilgan qarornichiqardi:-
Töy böladi!Ota ösha yigitni
qidirib topdi.Istarasi issiqqina
ekan. Lekin endikech. U bilan
ochiqchasigagaplashib oldi:-
Qizim unashtirilgan, 20
kundansöng töyi böladi,
shunibilasanmi?Yigit jim bölib
qoldi. Qizning nimasababdan
sevgi izhor qilgandayig'laganini
tushungan edi.- Hammasiga
endi juda kech...Iltimos qilaman
sendan, qizimnichin yurakdan
sevsang uni tinchqöy, chunki
men ikki dunyodaham töyni
töxtatmayman.Qizimni
hurmatini saqla, el-yurtoldida
isnodga qöyma.Yigit hech
narsa deyolmasdi.Qizning otasi
uzoq gapirib söziniyakunladi:-
Shunday qilki, u
sendannafratlansin. Meni
kechir...Shunday qilsang,
hammamizgayaxshi
böladi...Shunday dedi-yu ketdi.
Yigitbölsa joyida turib
qoldi...Hozir qizning otasi undan
qizuchun jonini söraganida
hechikkilanmay bergan bölardi.
Lekinayrim narsalarning qadri
jondanziyoda bölarkan. Nima
qilishkerak? Yigit uchun shu
kun judaog'ir böldi.Ertasiga qiz
bilan uchrashdi. Qizyana
yig'lardi. Yigit undan
"negayig'layapsan" deb
söramadi ham.Uni bag'riga
bosdi. Ichidan otilibchiqayotgan
alami bög'zigatiqilib qizga
shivirladi: "Kulazizam, hech
qachon yig'lama..."Yigit shu
lahzada qaror qabulqildi:
Taqdirga tan berish kerak...Qiz
bilan boshqa
körishmaslikkerak...Ertasiga
yana uchrashuv joyigaotlandi.
Yöq, körishmaydi.Uzoqdan
kuzatsa bas. U özinikutayotgan
qizni uzoqdankuzatdi. Keyingi
kun, undankeyin ham... Shu kun
yigitgaxorijdan ish taklif qilishdi.
Yigitketishga qaror qildi.
Hammasiniunutish uchun...
Ertasi kun uqizga sms yubordi.
Uning öqibyig'laganini uzoqdan
kördi-yuqölini yuragi ustiga olib
bordi vapichirladi: "Kechir jonim,
mendannafratlanishing
kerak..."Kunlar ötaverdi.
Yigitningsamalyoti uchishidan
bir kunoldin u qizni sönggi bor
körishilinjida uning uyi yaqiniga
bordi.Kördi ham. G'amgin gözal
qiz...Yigit qizning otasi
bilangaplashib olishi kerak edi.-
Men ertaga tongda
Parijgauchib ketaman,- yigit
qizningotasi yonida söz
boshladi,- manabu xatni unga
berib qöying,iltimos. Sizning
iltimosingiznibajardim. Siz ham
bajarasiz deböylayman... Xayr!
Yigit ketdi. "Endi
senikörmayman. Kechir
meniazizam... Baxtli böl!"
Uningközidan sizayotgan
yoshlarnihech kim körmasligi
uchunközoynak taqib oldi.Ota
maktubni öqib yuragi tölibketdi.
Qizini shu darajadasevarkan,
bir og'iz sözini ikkiham qilmadi.
Kuyov qilsa arzirdi.Lekin,
kechikdi...Tongga qadar
hayollariskanjasida qoldi.
Tongdamaktubni olib qizining
xonasigakirdi. Qizi judayam
gözal. Lekin,uning közlarida
yosh bor edi. Otaortiq bardosh
qilolmadi. Qizinibag'riga bosib,
peshonasidanöpdi:- Meni kechir
qizim...* * *Ota qiziga xatni
berib, yigithaqida hammasini
aytib berdi.Qiz maktubni ochib
öqishgatushdi:"" Bugun
mendannafratlanayotgan
bölsang kerak.Ishonaver buning
hechamahamiyati yöq menga.
Chunkibugun men seni yana
hammadanbirinchi
tabriklayapman.
Qandayomadim bora? Sen
jinnisan,negaligini bilasanmi?
Töyinghaqida aytmading
menga. Lekinmeni kimligimni
unutib qöyding.Men quvnoq
"folbin"manku.Baribir bilvoldim.
Xuddi tug'ilgankuningdagidek...
Yodingdami,taqdirga
ishonmayman derding.Men esa
qölimni avval yuragimustiga,
keyin peshonamga qöyibbuni
taqdir deydilar derdim.Buning
ma'nosini bilasanmi?
Buyurakdagi sevgi uchun
taqdirgaminnatdorlik.. Ha,
mentaqdirimdan
minnatdorman.Ösha poyezdga
kechiktirganiuchun... Seni
menga
uchratganiuchun...Keyingi 5
oyda aqldanozayozdim. Seni
qidirib.Topganimda esa endi
kechbölgan ekan...Meni kechir...
Sen baxtli bölishingkerak.
Menga öxshagan surbetbilan
taqdiring qöshilmaganekan.
Men senga hozir sözberaman.
Meni endi hech
qachonkörmaysan, men esa
seni hechqachon unutmayman.
Chunki senbunga loyiqsan. Sen
ham mengava'da berishingni
xohlayman.Baxtli bölaman deb
söz ber. Sizniunutaman deb
söz ber. Chunkimen unutilishga
loyiqman. Senitashlab
ketayotganim
uchunham...Senga bir gapni köp
aytishgaulgurmadim. Bugun
sönggi boraytaman: Men seni
sevaman!Sen baxtli bölishing
kerak.Töying muborak
bölsin...""Qiz yig'lab-yig'lab xatni
öqibtugatdi.Otasi qizini yupatdi:-
U bugun Parijga
uchibketmoqchi. Bor qizim uni
töxtat...Qiz yig'lashdan töxtab,
otasigaqaradi.- Köchada taksi
kutib turibdi.Ulgurishing kerak.
Qolganinimenga qöyib ber,-
otasi qöliniavval yuragi ustiga
keyinpeshonasiga olib bordida
kuldi,-axir buni taqdir
deydilar...Qiz otasini
quchoqladi:- Rahmat,
dadajon...Keyin chopdi. U ketib
qolmasligikerak. Ketishga haqqi
yöq.Qölidagi bejirim
tumornimahkam siqib taksiga
ötirdi.Taksi aeroport tomon yöl
oldi.Qiz esa hamon köz
yoshlarinitöxtata olmas va
shivirlardi:- Iltimos, ketib
qolmang, birmartagina mening
hamiltimosimni bajaring...Taksi
aeroportga yetib kelgachqiz
shoshib ichkariga kirdi.Hamma
yoqda odam. Qayergaborishini
bilmasdi. Aeroportichida esa
operatorlarningyölovchilarga
turli murojaatlarieshitilardi. Qiz
nihoyat shoshilibnazorat
punktiga keldi.Qöriqchilarning
hay-haylashigaqaramay
ichkarida ötirganqizdan
shoshib söradi:- Opajon, Parijga
samalyotuchmadimi hali?- 347-
reys bilan Toshkent-
Parijyönalishida samalyot
yarim soatoldin uchib ketdi.- ...,-
qiz özini yöqotib qöydi,-
ketdimi?U yigitning kulib turgan
holatiniköz oldiga keltirdi. Lekin
uchindan kechikkandi.
Samalyotallaqachon uchib
ketgandi. Qizodamlar gavjum
bölgan kutishzalidagi
örindiqlardan birigaborib ötirdi.
"U ketib qoldi. Endiuni hech
qachon körolmayman..."-
Iltimos, tumorimni qaytib ber,-
yigitning ovozi eshitildi
shupayt,- usiz samalyotga
ham kechqoldim.Qiz yigitga
qaradi. Qölida bilet,chamadon...
Unga kulib qarabturardi. Qiz
uning quchog'igaotildi.- Nega
ketib qoldiz,- yig'lardi u.- Ketib
qoldi deb kim aytdi?Yuragimni
tashlab qayerga
hamketardim,- uning sochlarini
siladiyigit.- Siz yomonsiz...- Hm.-
Surbetsiz...- Hm.- Yana
"hm"mi?- Hm.Ular kulib
yuborishdi. Aeroportdaesa
hamma ularga
qarardi.Qarayverishsin. AXIR
BUNITAQDIR DEYDILAR....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1