Ajoyib oqshom. Qiz dugonasi bilan telefonda
gaplashyapti. — Bilasanmi, sobiq yigiting bugun jo'nab ketyapti. — Menga farqi yo'q… Qaerga ekan? — Angliyaga o'qishga… — Tushunarli… Mayli, men bugun ertaroq
uxlamoqchi edim, yaxshi yotib tur. — Hm… Shunchalik ertami… Agar uxlay
olmasang, qo'ng'iroq qil. Qiz go'shakni qo'ygach, barchasini esladi. Qisqa va
g'oyat ajoyib kechgan muhabbat tarixini. Birinchi
muhabbatini… Yigit ketish oldidan shaharni sayr qila turib, uni
ko'rgisi keldi. Xayrlashgisi keldi. Birga yurgan
xiyobonidan odimlar ekan, qizni juda
sog'inganini his qildi. Qo'ng'iroq. U! Nimadir
bo'ldimi?..
Axir yarim yildan buyon biror marta
ham qo'ng'iroq qilmagandi…
— Allo?
— Hozir yonimga kela olasanmi?
— shivirladi qiz
bezovtalik bilan.
Yo Xudoyim, bu ovozni qanchalik sog'ingan edi…
— Hozir boraman.
Yigit yarim soatdan so'ng qizning uyi yonida edi.
— Men keldim.
— Tushyapman.
Qiz zinalardan yugurib, qorong'ulikda turgan
yigitning quchog'iga o'zini otdi, yig'ladi.
— Ketma…
— Nima?
— Ketma, iltimos…
U seni mendan olib qo'yadi…
— Kim?
— Angliya… Sening Angliyang.
Yigit kuldi…
— Axir qanday qilib, shirinim?
— Bilmayman…
Shunchaki, his qilyapman…
— Tentakkinam…
Yigit qizning sochlarini silab, ayni vaqtda
qanchalik baxtli ekanligini his qildi. Uni qanchalik
sog'ingan edi-ya. Shu holda juda uzoq vaqt
turishdi. Vaqt o'z qadrini yo'qotdi… Erta tongda yigitning telefoni jiringladi. Onasi
ekan.
— Xudoga shukr, o'g'lim, tirik ekansan,
— yig'lab
yubordi ona telefondan.
— Oyi? Nima bo'ldi?
— Sen uchishing kerak bo'lgan samolyot
halokatga uchrabdi. Hamma yo'lovchilar halok
bo'lgan, shunchalik qo'rqib ketdimki…
Yaxshiyam, tirik ekansan…
— Yo'g'-ey… — u faqat shu so'zni ayta oldi, xolos.
— Qaerdasan? Nima uchun samolyotga
chiqmading?
Yigit o'ziga hayrat bilan tikilib turgan qizga qaradi.
— Oyi, men xaloskorimning yonidaman, keyin
hammasini aytib beraman.
— Sen meni qutqarding! Hayotim, mo''jizam
mening!
Qiz yoqimli kuldi: — Axir senga aytgandim-ku, seni hech kimga
bermayman! Angliyaga ham, o'limga ham, hech
kimga!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев