birida
faqir bir oila yashardi. Er-
xotin va
8 yoshli bolakay. Ota-ona kun
böyi ishda, bolakay esa uyda
yolg'iz o'tirardi. Bola har kuni
soatlab oltinchi qavat
derazasidan pastga - bolalar
maydonchasida velosiped
minib
yurgan tengdoshlariga xavas
bilan qarab o'tirardi.
ўтирарди.
U ham özining shunaqa
velosipedi bölishini orzu
qilardi.
Lekin oilada bu orzuni
amalga
oshirish uchun na pul, na
vaqt va
hattoki bolaning orzusini
eshitadigan kishi ham yöq edi.
Bolakay oilasini velosiped
sotib
olish bilan qiynab qöyishini
anglar, lekin uning bu orzusi
juda
kuchli edi. Bir kuni u
onasining
"Xudo mehribon, chin dildan
nimaiki sörasang albatta
beradi"
degan sözlarini esladi. Qog'oz,
ruchka olib, qog'ozlarni
yuzlab,
minglab bölaklarga böldi va
har
bir qog'oz parchasiga: "Ey
Хudoyim, menga velosiped
ber"
deb yozib chiqdi. Bolakay
o'zining
chin qalbdan tilagan orzusi
yozilgan qog'oz parchalarini
oltinchi qavat derazasidan
bir-bir
tashqariga socha boshladi. U
"Хudoga qog'ozlarimning biri
bölmasa biri albatta yetib
boradi
va Xudoning menga rahmi
kelib
menga velosiped yuboradi"
deb
qalbdan ishonardi. Kunlar
o'tib
borar, bola har kuni
qog'ozchalarni derazadan
sochardi. Uning hayoli faqat
shu
ishda bölib qolgandi.
Qog'ozlar
tugasa yangisiga yozishni
boshlardi, darslik
daftarlargacha
sarf qildi. Bolakay boshqa
hamma narsani unutib,
telbalarcha qog'ozlarni yirtar,
yozar va derazadan
uloqtirardi.
Bazan qog'ozlarga ruchka
siyohiga bolakayning qop-
qora
ko'zlaridan tomchilayotgan
yoshlar qo'shilib ketardi.
Kunlar
o'taverardi, bolakay har kuni
tongda "Bugun Xudoga
qog'ozim
yetib boradi" degan umid
bilan
yangi ruhda ishini boshlardi.
Va
nihoyat bir kuni eshik
taqilladi.
Ochsa, 45 yoshlardagi chiroyli
kiyingan bir erkak kishi qölida
bola chin dildan erishishni
istagan, har kuni tushida
körib
chiqadigan velosiped bilan
turardi. Kishining ko'zlarida
allaqanday mungli jilmayish
zohir
edi. U yengil xo'rsinib
velosipedni
bolaga uzatdi. "Qog'ozing
Xudoga yetib bordi, o'g'lim,
bu
senga, maza qilib min..."
Bolakay
nima deyishini bilmasdi. Kishi
zina
tomon yurib ketarkan ortiga
o'girildi, uning yuziga bir
tomchi
yosh dumaladi. U bolakayga
yuzlandi: "Endi Xudodan, bir
martagina shu velosipedni
olib
kelgan amakiga ham farzand
ber
deb so'ragin, xöpmi..."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев