O'zligingni birvarakayiga namoyish etma. Aks holda, ertaga hech kimni hayratga sololmaysan. Shu bois odamlarga har kuni biror yangilik hadya etish uchun nimanidir o'zingda olib qol. Atrofdagilar bunday odamdan ko'p narsa kutadilar va hech qachon uning xazinasi tagiga yetolmaydilar.
Yo'l topa bilish aqlli kishilarning ishidir. Ular o'rinli va ajoyib bir hazil bilan har qanday qiyin va noqulay vaziyatdan chiqib keta oladilar. Bir tabassum bilan maqsadga yetib, ayovsiz bahsdan omon chiqadilar. Ba'zan esa o'zini tushunmaganlikka solishdan ko'ra aqlliroq yo'l qolmaydi.
Davr bilan hamnafas yasha. Juda bilimdon bo'lgan taqdiringda ham zamonga qarab ish tut. Yillar o'tib borar ekan, qarashlar ham, urflar ham o'zgaradi. Eskicha fikrlardan qoch. Zamon zayliga moslash.
Ikki narsa insonni tez ado qiladi: biri - ahmoqlik, ikkinchisi - axloqsizlik. Ba'zilar umrni asrashni bilmagani bois, ayrimlar esa buni istamaganlari uchun halokatga yuz tutadilar.
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 41