Предыдущая публикация
ketsam,
Yotar bo'lsam qumga botib
ko'zlarim,
Ko'nglimni ko'chkiday bosadi bir
g'am –
Yig'lashni ham bilmas mening
sevgilim…
Eng yaqin do'stlarim g'iybatim
qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan
kular.
Ular-ku, ne qilsa o'zlari bilar,
Yig'lashni ham bilmas mening
sevgilim…
Shoir o'lsa kim ham kuyinar
deysiz,
shoirlar hozir suvarakday
ko'p.
Ular misli qishda tarnovdagi muz,
Barmoq tegsa yerga to'kilar to'p-
to'p…
Tildan qolsam ko'zda qotib
yoshlarim,
Ko'nglimdan boshqa bor axir, ne
larim?
Yerlarga egilgan kuni boshlarim,
Yig'lashni ham bilmas mening
sevgilim…
U yoshdur. O'limdan qo'rqaman
yomon,
Chunki, dardiga hech quloq
solmadim.
Qabrimning ustida yig'lasin
debon,
Gulimning ko'zyoshin asray
olmadim!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1