tong, Ko`ngil yorishmaydi,
ko`ngil qorong`u. So`nggi
umid uchun chalinganda
bong, Qamraganda qalbni
eng shirin tuyg`u, Yolg`iz
qolganimda qorayib yuzim,
Tashlab ketyapsanmi sen
ham, yolg`izim? Sadoqat
ko`rmagan asli bu yurak,
Yurak yolg`izlikning yagona
quli. Bo`lganida oliy
tuyg`ular ermak, So`lganida
oliy orzular guli, To`lganida
duv-duv yoshlarga ko`zim,
Tashlab ketyapsanmi sen
ham, azizim? Men-ku har
narsaga chidamas bir jon,
Kim uchun shubhali totguvchi
nonim. Ulkan davralarda har
lahza, har on G`iybat
o`rtasida turganda nomim,
O`lchanib qolganda har
bosgan izim, Tashlab
ketyapsanmi sen ham, azizim?
Hissiz dema, ko`ksim to`la
hissiyot, Yolg`iz dema, yordir
yolg`izga Xudo. Ulkan baxtlar
va'da qilgan shu hayot Eng
kichik baxtdan ham etganda
judo, O`zimga ham o`tmay
qolganda so`zim, Tashlab
ketyapsanmi sen ham, azizim?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев