Предыдущая публикация
Hamon borsiz xayollarimda.
Xotiralar – sodiq yo‘ldoshim,
Asrayapman yuraklarimda.
Yashayapsiz xayolim bo‘lib,
Mening har bir nigohlarimda.
Goho isyon, goh tug‘yon bo‘lib,
Borsiz hatto gunohlarimda.
Ba'zan sog‘inch, ba'zan hijronsiz,
Тugatguvchi adolarimda,
Ba'zan alam, ba'zan armonsiz,
Тopmaganim xatolarimda.
Oh, ba'zida muhabbatbo‘lib, Shirin
otash titroqlarimda,
Ba'zan esa nafratim bo‘lib,
Yashayapsiz qiynoqlarimda.
Menga nasib etmagansevgim,
Hamon borsiz firoqlarimda.
«Baxtmidi yo baxtsizlik?»
deya So‘ralguvchi so‘roqlarimda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев