eng yaxshi ko`rgan insonim bilan
rosa yig`lashdik (hayron
bo`layotgandirsiz-a?). Ha, men
jonimdan ortiq sevgan insonim
meni mendan-da kuchliroq
sevadi, buni uning har nafasidan
sezib turaman. Uning so`zlari
meni yangidan hayotga keltiradi.
Bitta telefondagi qo`ng`irog`imni
qanchalik intiqlik ila kutishini,
meni o`ylab yig`lashini, meni deb
hatto tunlaridan bedor qolishini
tasavvur ham qila olmaysiz. Men
unga sovg`a qilgan arzimas
narsani ham hammaga doston
qiladi, uni men berganim bilan
faxrlanadi, mening har bir
muvaffaqiyatlarimdan boshi
ko`kka yetadi. Undagi
muhabbatni so`z bilan
ta’riflashning iloji bormikan?
Mehr-muhabbatning bundan
ortiq ko`rinishi bormikan? Men
esa uni u ardoqlagandek
ardoqlay olamanmi? Nega mensiz
yashay olmasligini, haftada atigi
bir martagina qiladigan
qo`ng`irog`imni intizor kutishini
nega his qilmayman? Yoki meni
o`ylab yegani ichiga
tushmayotganligi, mudom
yig`lashini nega tushunmayman?
Nega bir og`iz shirin so`zimni
undan qizg`onaman? Axir uning
sha’niga tonnalab olqish
yog`dirsa arziydi-ku! Yoki
shundayin ishbilarmon bo`lib
ketdimmi? Bahonani qarang:
“Ishlar ko`payib ketib telefon qila
olmadim”. U yoqdan javob keladi:
“O`tgan haftadan beri telefonga
zor termulaman. Har bir
qong`iroqqa ilinj ila quloq
tutaman, chorshanba kutdim,
shanba kutdim… telefon ham
ko‘zimga dunyodagi eng yomon
maxluqdek ko`rinib ketdi”. Va
nihoyat dushanba kuni telefon
qilaman: go`shakdan uning
dunyoda tengsiz ovozi eshitiladi.
U yig`lar edi… Men ham
yig`ladim… Men sizni hammadan
yaxshi ko`raman — ONAJON!!!!!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев