Ular karvon izlarini yöqotib adashib qolishgandi. Quyosh taftidan jizg'anak bölib yotgan biyobonda tirik jon nishonasi uchramaydi. Yigit bilan qiz Xudodan yöl körsatishini sörab holsiz ketib borardilar. Suvlari ham tugagach ularning qadamlari tamoman og'irlashdi. Shu tariqa töxtamay tungacha yöl bosdilar. Töxtab och-nahor közlarini uyquga yumdilar. Ertasiga ular yana yölga tushishdi. Yigit yöl boshlab borardi. Quyosh naqd ustlariga kelganda qiz holsiz yiqildi. Ochlik va tashnalikdan u tamoman holdan toygandi. Yigit uni yurishga chorladi. Ammo qiz boshqa yurolmasdi. Biroz tin olishgach yigit qizni opichlab oldi. Ular shu tariqa yana bir kunni poyon etkazishdi. Endi yigit ham batamom holsizlandi. Uxlashdan oldin sevgani b-n bu sahrodan eson-omon chiqib ketish u-n Xudodan mador tiladi. Ertasiga yigit qizni yana opichlab oldi. Endi har bir qadam tashlash ming bir mashaqqatga aylandi. Oxiri yigitni tashnalik yiqilishga majbur qildi. U qizni yerga qöydi va biroz nafas rostladi. Keyin qizga shu yerda ötirishni buyurdi va özi atrofni kuzatish uchun bir baland barxan ortiga ketdi. Bir necha yuz qadamdan söng u olisdan daraxt soyasini kördi. Suv ilinjida ösha tomonga yurdi. Chashma bor ekan. Allohga ming shukronalar aytib töyib suvdan ichdi. Tanasiga quvvat kirib örnidan turdi. Daraxt ortida uzoqdan vodiy körinardi. "Biz tirik qoldik",- sevindi u. Shu tobda kuchli shamol esa boshlagandi va yigit tezroq qizning oldiga qaytishga shoshildi. Idishiga suv tölatib ortiga qaytdi. Lekin qizni qoldirib ketgan joyga yetib kelganida u yerda hech kim yo'q edi. Yigit yon atrofga xavotir bilan qarardi, lekin nigohlari qizni topolmadi. U yerda faqat qizning butoqqa qistirilgan oppoq römoli tobora avj olayotgan shamolda hilpirab turardi. Yigit römolni qöliga oldi. Unda qiz barmog'ini tishlab qoni bilan yozgan uchtagina so'z bor edi: "Siz yashashingiz kerak!"...... Yigit shuncha kunlik charchoqlarni birvarakayiga his etgandek holsiz yerga o'tirib qoldi. Keyin darhol o'rnidan turib qizni qidirishga tushdi, "uzoqqa ketib qolishi mumkinmas, - o'ylardi u. Lekin shu tobda shamol hech qanaqa izlarni qoldirmaslikka ulgurgan edi. Yigit oh urib bir kun atrofdan qizni qidirdi. Lekin uni hech qayerdan topolmadi... Qiz ikki kunki özining yigitga yuk bölib, olg'a yurishga halal berayotganligini öylardi. Yigit unga kutishni tayinlab ketganida bor kuchini töplab sahro ichiga qaytib ketar ekan, u erining suv topganidan bexabar edi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1