Ko‘z yosh…
–Yig‘ladingmi?
–Ha… Qayerdan bildingiz?
–Yuragim og‘ridi…
Kuz…
–Qaysi faslni yoqtirasan?
–Kuzni…
–Nega?
–Chunki, men shu faslda
tug‘ilganman. Siz-chi,
qaysi birini yoqtirasiz?
–Kuzni?
–Nega?
–Chunki sen shu faslda
tug‘ilgansan…
Sevgi…
–Bilasanmi?.. Kechirasan-u,
sen bilan uchrashish juda
ham jonimga tegib ketdi!
Qiz ko‘zi jiqqa yoshga
to‘lib:
–Qanaqasiga?!
Yigit jilmayib:
–Kel, turmush quramiz…
Orzu…
–Oyijon sizning ham
orzuyingiz bo‘lganmi?
–Ha bo‘lgan.
–Hozir ham bormi?
–Ha bor, hozir u yonimda,
menga har xil savollar
bermoqda…
Telefon suhbati.
–Salom, shumtaka
qalaysan?
–Salom tog‘a, qachon
kelasiz? Oyim sizni
sog‘inyaptilar. Ayniqsa,
bobom juda sog‘indilar…
–Obbo, zumrasha, sen buni
qayoqdan bila qolding?
–Bobom, siz yo‘qligingizda
meni sizning ismingiz
bilan chaqiradigan bo‘lib
qoldilar…!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев