yig‘ilib gurunglashardi.
Ularning har biri o‘z hunariga
xos bo‘lgan so‘zamollik
haqidagi fikrini bayon qildilar.
Gapni zargar boshladi:
— So‘zlarni nozik ipga
termoqning eng yaxshi usuli —
ularni ziyraklikning o‘tkir tig‘i
bilan teshib, undan tafakkur
ipini o‘tkazib, ular ma’no-sining
yorqin durlarini nutq marjoni
shodasiga birlashtirmoq va uni
gapirayotganning bo‘yniga
ilmoqdir.
— Eng xushbo‘y nutq, — deya
gapni ilib ketdi mushki anbar
bilan savdo qiluvchi, —
so‘zlarining muattar hidi fikr
mushki bilan omuxta qilingan
nutqdir. Ana shunday fikrni
eshitganingda xush bo‘yini his
etasan va muattar iforidan
nafas olasan. So‘zamol notiqlar
uning atrini yaxshi ko‘radilar,
nazokatli kishilar uning xush
bo‘yidan o‘zlariga oro
beradilar.
— Yaxshi nutq, — gapga
qo‘shildi tilla buyumlar
yasovchi usta, — fikr
alangasida qizdirib, zukkolik
qozonida qaynatilgach, unda
teran ma’noning toza oltini
yaltirab turish uchun serso‘z
lanjligidan tozalangan va’zdir.
Suhbatga sarrof aralashdi:
— Yaxshi nutq, yaroqli
tanganing yaroqsizidan
ajratadigan tajribali qo‘lga
o‘xshaydi. Bunday qo‘lda
so‘zlarga donolik nigohi bilan
sayqal beriladi va suxandonlik
tarozisida shunday tortiladiki,
hech kimning ko‘zi soxtalik
ko‘rmaydi, hech kimning
qulog‘i yolg‘onni eshitmaydi.
Gal temirchiga keldi:
— Eng chiroyli nutq ong
bosqonida dam berilib, iste’dod
qo‘rida yaxshilab toblanib,
sukut ko‘mirida tutib turib,
anglash bolg‘asida toblangan
nutqdir, — dedi u.
— Yaxshi nutq, — dedi
duradgor, — ma’nosi
muhokama o‘roq-randasida
yaxshilab yo‘nilib, tushunish
boltasida tekislangan bo‘lishi
kerak, toki u aniq bo‘g‘in
xonadonida eshik va toza
hamda ajoyib til uyida to‘sin
bo‘lib xizmat qilsin.
— Eng go‘zal nutq, — dedi
gilamdo‘z, — ma’no naqshlari
bilan bezalgan so‘zlardan
to‘qilgan gilamdir. Ana
shunday gilamgina uni
tomosha qilayotgan ko‘zlarni
quvnatadi, tinglayotgan
quloqni nafis tovushlari bilan
zavqlantiradi.
Gapni charxpalak mirobi
davom ettirdi:
— Eng tushunarli nutq so‘zlar
chelagi ma’no g‘ildiragiga
osilgan charxpalakdir. O‘sha
chelak donolik qudug‘iga
tushiriladi-da, undan obi
hayotga to‘ldiriladi. Bu suv esa
barcha noaniqliklarni yuvadi,
nutq ma’nosini ravshan qiladi
va qiynalayotganlar
tashnaligini qondiradi.
So‘z navbati bo‘yoqchiga keldi:
— Eng yoqimli nutq, — dedi u,
— qisqalik jilvasi xira
tortmagan va so‘zga chechanlik
rangi o‘chmaydigan nutqdir;
chunki tafakkur qo‘li unga jilo
beradi.
— Eng yaxshi nutq, — dedi
to‘quvchi, — matodir. Zero,
matoda so‘z orqog‘i hamda
ma’no asosi chambarchas
chatishib ketgandir. Shuning
uchun u zich va yaltiroq bo‘lib
chiqadi, go‘zalligi bilan
ko‘zingizni qamashtiradi.
Gapga gazmol bilan savdo
qiluvchi aralashdi:
— Yaxshi nutq — so‘zlariga
haqiqat tamg‘asi bosilgan,
ma’nosi esa ko‘z oldingga
yoyib tashlangan nutqdir;
bunday nutqning rangi-ro‘yi u
o‘rog‘lik bo‘lsa ham, yoyilgan
bo‘lsa ham, yaqqol ko‘rinib
turadi.
— Yaxshi nutq, — dedi
suhbatga qo‘shilgan sayis, —
minishga o‘rgatilib sovutilgan
va yo‘rg‘alashdan yelib
chopishga o‘ta oladigan
arg‘umoqdir.
Tuyalar karvonining sarboni
ta’kidladi:
— So‘zamol odam — nutqni
jilovidan ushlab, fikr vohasida
tuyani cho‘kishga majbur etadi,
uni lo‘ndalik bilan kishanlab,
qisqalik maydoniga qo‘yib
yuboradi.
Musallaspaz ham bo‘sh
kelmadi:
— So‘zning eng uzoq saqlanib
yetilgan musallasi bilan
qozonida yaxshilab sirkalanib,
tushunish dokasidan
o‘tkazilgan va donolik xumiga
qo‘yilganidir. Uning
xushbichimligi lazzat beradi,
nozikligi — chanqog‘ingni
qondiradi, o‘ylari esa mast
qiladi.
Salqin ichimliklar sotuvchi
unga qo‘shimcha qildi:
— Yaxshi nutqning so‘zlari
bema’ni shubhalardan xolis
etib, kishini tetiklashtiradi.
Uning o‘ylarini ichish esa oson
va shirindir.
Tabib dedi:
— Yaxshi nutq dori-darmondir.
Uning tiniqligi xira fikr
yuritishdan davolaydi, kishidan
kaltafahmlikni haydab
chiqaradi. Sog‘lom fikr baxsh
etadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев