Joylandi:Bugun, 11:461. Ko‘proq suv iste’mol qiling;
2. Nonushtangiz hukmdornikidek, tushligingiz shahzodanikidek, kechki taomingiz faqirlarniki kabi bo‘lsin;
3. O’simlik va daraxt (ya’ni, tabiiy) mahsulotlarini ko‘proq, zavod va fabrikalardan chiqqan mahsulotlarni kamroq yeng;
4. “E” – larning hayotingizdagi o‘rnini oshiring: Energiya, Entuziazm (intilish) va E’tibor.
5. Ibodatga vaqt ajrating;
6. O’yin o‘ynab turishni ham unutmang;
7. 2014 yildagidan ko‘proq kitob o‘qing;
8. Har kuni kamida 10 daqiqa sukut saqlab o‘tiring;
9. Bir sutkada 7 soat uxlang;
10. Har kuni 10-30 daqiqalik sayrga odatlaning. Sayr davomida jilmaying;
Shaxsiyatingizga doir:
11. Hayotingizni o‘zgalarniki bilan solishtirmang, zero, Siz ularning hayoti aslida qandayligidan bexabarsiz;
12. Tizginsiz, yomon o‘y-xayollarga berilmang. Uning o‘rniga quvvatingizni buguningiz ravnaqiga bag‘ishlang;
13. Me’yordan ortiq ishlamang. Chegarani biling;
14. O’ta jiddiylashmang;
15. Bebaho quvvatingizni g‘iybatga sarflamang;
16. Tasavvurlaringizga erk bering;
17. Hasad – umr zavoli. Siz o‘zingizga kerakli hamma narsaga egasiz;
18. O’tmishdagi qilmishlarni unuting. Juftingizga hadeb qilgan xatolarini eslatavermang. Bu – baxtingizga darz yetkazadi;
19. Hayot boshqalardan nafratlanish uchun qisqalik qiladi. O’zgalardan nafratlanmang;
20. Tarixingizni tinch qo‘ying, shunda u buguningizni zaharlamaydi;
21. Baxtingizga Sizdan o‘zgasi ega chiqolmaydi;
22. Hayotni maktab, o‘zingizni tolibi ilm deb tasavvur qiling. Muammolar yechilishi lozim bo‘lgan tenglamalardir, xuddi algebra darsida bo‘lganidek. Lekin bundagi saboq umr oxirigacha davom etadi;
23. Ko‘proq tabassum qiling;
24. Unutmang: har bir bahsda g‘olib bo‘lishingiz shart emas. Taslim bo‘lishni o‘rganing;
Jamiyatda:
25. Oilangizga tez-tez qo‘ng‘iroq qiling;
26. Har kuni atrofingizdagilarga qandaydir yaxshi narsa bera oling;
27. Har qanday insonni kechiring;
28. 70 yoshdan ulug‘ va 6 yoshdan kichiklar bilan suhbatlashib turing;
29. Har kuni kamida 3 insonni jilmayishga majbur qiling;
30. Boshqalarning Siz haqingizda qanday o‘ylashlari Sizning ishingiz emas;
31. Xastalansangiz, ishingiz holingizdan xabar olmaydi;
Hayotda:
32. Durust ish qiling;
33. Foydasiz, bema’ni va zavqsiz har qanday narsadan voz keching;
34. Har qanday mushkulni Alloh o‘nglaydi;
35. Yaxshimi, yomonmi, vaziyat baribir o‘zgaradi;
36. Qanday kayfiyatda bo‘lmang: o‘rningizdan turing, kiyining va o‘zingizni namoyon qiling;
37. Eng yaxshilari hali oldinda;
38. Tongda uyg‘ondingizmi, buning uchun Xudoga shukr qiling;
39. Siz aslida baxtli insonsiz, shuning uchun xursand bo‘ling;
40. Yuqoridagilarni yaqinlaringizga ham yetkazing.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев