chidagin
Do'sting senga xasad qilsa chidagin,
Yolg'iz qolganingda omad tark etib,
Bir kun dushmanlaring kulsa chidagin. Chida, charchab horib ketsang yig'lama,
Hatto yo'lsiz qolib ketsang yig'lama,
Cho'ntaklaring teshib qo'ysa yo'qchilik
Do'stim, pulsiz qolib ketsang yig'lama. Jigaring g'iybatlar otsa chidagin,
Yaqinlar birma-bir sotsa chidagin,
Sinovlar yomg'iri yog'sa betinim,
Oyoqlaring loyga botsa chidagin. Tishing bilan mahkam sabrni tishla,
Do'stim, barchasini qaytadan boshla,
Omad degan otni yo'llarin kutma,
Darxol mehnat degan qurolni ushla. Baxtim ham bir kuni kular chidagin,
Bag'ring quvonchlarga to'lar chidagin,
Shodlik yo'qlar seni ey Ahad Qayum,
Bir kuni g'am devori qular chidagin...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Soqol borligining o‘zi erkak bo‘lish
uchun kamlik qiladi!
*********************
2..........
Biror joying og‘risa, aytma, jim bo‘l! Bo‘lmasa, aynan o‘sha joyingga
urishadi…
*********************
3.Maslahat...
Shunday yashaginki, qizlar sevsin,
do‘stlar xurmat qilsin, qondoshlar g‘ururlansin....
*********************
4.Hammasini borida qadrlang...
Bugun vaqt yo‘q, ertga kuch, indin esa
biz bo‘lmaymiz; Shuning uchun hech
narsani kechiktirmang — hozir va shu yerda yashang!
********************
5.Ishonch...
Kimnidir aldasang — bu uning
axmoqligidan emas, senga ko‘proq
ishonishgan-u, sen bunga arzimasligingdan darak!
********************
6.Mehr haqida...
Tunda sovuqqotdim, turib, uning ustiga
ikkinchi yopinchiqni yopib qo‘ydim...
******************** 7.O'qing o'ylang....
Tog‘ tepasidagi kishi — u yerga
osmondan tushib qolmagan!