Birgina so'rayman sandan xamisha, Eslagin o'zgaga bir boqqaningda, Kimningdir ko'ziga tikilganingda, Suratim nomoyon bo'lsa ularda. Diqqating buzganda begona chiroy, Yuraging qattiqroq ursa birovdan, Jumbushga kelganda eting suhbatdan, Iltimos bir bora eslagin mani. Kerakmas eslashing yonimda bo'lsang, Kerakmas o'zimga aytishing sevging. Yolvoray bir bora eslab tur mani, Birovlar yonida o'tirar bo'lsang. Yodga ol bir bora manim nigohim Nursiz bir ko'zlarda ko'ringaningda. Dilim yetimlikda o'ksigan ham, Kimnidir mexrida ovunganingda. Xamisha eslab tur kelganingdamas, San mandan yiroqqa ketar bo'lganda, Qalbimda g'amimni eslagin bir bor, Kimningdir og'ushida quvonganingda. Kimningdir ovozi jaranglaganda, Qulog'ingga qo'shiq bo'lib kelarmu, Navosi yoqimli bo'lsada uni, Meningek nolasi unda bo'larmu. Zor qaqshab yig'lagan bemor ishqimni, Ko'ngli to'q zolimlar tushunarmidi, Mehringa zor tashna sahrolarimda, Bir bora oyog'im kuydirarmidi. Bo'g'izlab qo'ysaydim beburt ishqimni, Tilkalab tashlasam bemor sevgimni, Mendan ham qaysarroq chiqdi tuyg'uyim, Mengamas vafosi senga deydiya. Jimgina termulgan ko'zlarim asli, Yurak og'rig'idan hayqirganini. Churq etmas lablarim tishlanganini, Kimnidir o'pganda yodga olsayding. Kerakmas qo'limga bergan sovg'ang ham, Qo'limdan tutganda issiq tafting ham, Bir donang bo'lmasam yurakginangda. Joningni bersang ham kerakmas menga, Kerakmas shart emas so'ramayman ham, Talab ham qilmayman surishtirmayman . Kim bilan qayerda bo'lsang ham mayli, Birgina iltimos yodga ol mani. Kerak bo'lsa mayli taqqosla mani Yuragim, qalbimu, mehrim, taftimni Ko'zlar tuzilishi emas nurin taqqosla, Quchoq ehtirosim emas, Mehrim taqqosla. Kerakmas sevganim zavqin berish. Kerakmas yonimga to'lib kelishi. Kimdandir visolni sog'inganida, Birgina tilagim eslab qo'yish!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев