Yon yuragim,
Yig'lamagin, u keladi
Jon yuragim,
Seni kutib, uyqu bilmay
Tunlar bedor, Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim. Seni so'rab, qara tinmay
Yig'layverar,
Mahzun mahzun nolalarim
Yangrayverar,
Yolg'izlikka chidolmasdan
Ingrayverar, Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim. O'ngidan hech kelmas mening
Bu tushginam,
Qalbim mening, mendan battar
Xomushginam,
Qanotlari yaralangan
Oqqushginam, Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim. Sinamagin, sadoqatim
Sabrimni sen,
Bir kun albat biladirsan
Qadrimni sen,
Kutib turar, izlab borsang
Qabrimni sen, Sevib sevib sevilmagan Qon yuragim. Yuragimga azob bersang
Qanday chiday,
Til uchida xanjar ursang
Qanday chiday,
Unda ayb yo'q, u begunoh
Farishtaday, Sevib sevib sevilmagan Qon yuragim. Suratingni quchib bugun
Qoldim uxlab,
Yashaymanda bag'rimni men
Endi cho'g'lab,
Oshiq bek dardlarini
Yozar yig'lab, Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim. Dilimda cho'g', tilimda cho'g'
Yon yuragim,
Yig'lamagin, u keladi
Jon yuragim,
Seni kutib, uyqu bilmay
Tunlar bedor, Sevib sevib, sevilmagan Qon yuragim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев