Onang ketsa savlatlaring
ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring
ketgaydir.
Shu ikkala
qo‘rg‘oningdan
ayrilsang,
Manglaydagi zar
xatlaring ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda
qolgan giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi
siyohday.
Kimning agar
qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt
ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar
dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli
do‘st-yoring.
Lekin otang sabr toshga
aylanar,
Onang qirq yil ko‘z
yummayin kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema
hayot u,
Ko‘ksingdagi
so‘nmaydigan bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda
qoqilsang,
Onang ruhi
qo‘llaringdan tutgaydir.
Boshingga ish
tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am
qo‘shganida sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb
ko‘z yosh yutar lek,
Otang qilich, onang
qonlar yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa
ketar do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa
ketar do‘stlaring.
Otang-onang qolar
senla, qolgani
Shunchaki...
ko‘changdan bir-bir
o‘tgaydir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев