salom.Bu xikoyamni o'qib ko'rib nima keragi bor xam dersiz.
Lekin negadur yozgim keldi.O'tgan yili do'stim uylandi.To'yiga bordim.Ancha muddatdan beri Rassiyada ishlayman.Uyda yilda 1 yoki 2 oy bolaman.Do'stim mendan Sviditel bo'lishimni so'radi.Men bajonidil rozi bo'ldim.Do'stlar bilan maslaxatlashib to'yda xammamiz kastyum-shimda chiqishga kelishdik.Kuyov va sviditil galustik taqadigan bo'ldik.To'y boshlandi.Zakz mashinasi kechikayotgan edi.Men boshqa mashinaga o'tirib ko'cha boshiga chiqdim va mashinani kutardim.Mashina keldi.men mashinaga o'tirib kelayotganimda yo'lda dadamni ko'rdim.Biroz shirakayf edilar.Mashinani to'xtatib,to'yxonagacha olib ketishimizni aytdi.Yo'lda ketar ekanmiz dadam xaydovchiga qarab:Bu meni o'g'lim dedilar.Meni biroz achchig'im chiqdi.To'yxonaga yetib borib mashinadan tushdik.Dadam oshnalariga men xaqimda gapirardi.O'shanda tushunmagan ekanman.Dadam meni bu kiyimda ko'rib sevinganidan shunday qilgan ekanlar.Chunki faqat maktab davrimda meni shunday ko'rgandilar.Mana endi Dadamdan yiroqda bu voqealarni o'ylab taxrir qilar ekanman,dadamga bo'lgan sog'inchim kundan -kunga oshib boryapdi.Onam raxmatlini o'tib ketganiga mana 8-yil bo'ldi.Uylanishga rozilik bermay yurgandilar.Buyil ko'ndirdik.Aziz birodarlar sizlardan iltimos,dadamni xaqqiga bir bora duo qilib qo'ysangiz.Dadamga yaxshi umr yo'ldosh,bizlarga esa mexribon onani allox nasib etishi uchun.Zero ko'pchilikni duosi qabul deyishadi.Allox sizlardan rozi bo'lsin.
Dadajon sizni juda jaxshi ko'raman ,baxtimga so'g-omon bo'ling!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев