malumot ,,,Kataloniyada
bir ajoyib jamoa bor.
«Barselona»! Mana
necha yildirki jahon futbolini
larzaga keltiryapti, o'zining «davri»ni tuza
oldi.
Ayniqsa, 2009 yilda
kataloniyaliklar bosh
murabbiylik stuliga jamoaning
sobiq a'zosi Pep Gvardiola kelganidan so'ng,
«ko'k-
anorranglilar» o'zgacha o'yin
namoyish
etishni boshladi. Qaysi raqib
kelmasin, birma-bir chetga «terib»
qo'yaverdi. Chindan
ham, Pep Kataloniyada o'zgacha
futbol
iforini namoyish etgandi.
Jamoaviy o'yinni! Boshqacha qilib aytganda,
Gvardiola Futzalni
stadionda ham o'ynash
mumkinligini isbotlay
oldi.
«Barselona»ning hozirda uchta ustuni bor,
bilasiz. Bular - Messi, Xavi va
Inestalar.
Gvardiola qo'l ostidagi jamoa
aynan mana
shu «uchlik» asosida qurilgan. Bir qancha
futbol mutaxassislari ham buni
bod-bod
ta'kidlashgan, ta'kidlashmoqda.
Messi
bo'lmasa Xavi va Inestaning o'yini qovushmaydi, Xavi bo'lmasa
Messi va
Inestani va x.k. Agar uchchovi
bo'lmasa
«Barsa»ning o'yini qovushmaydi.
Bog'liqlikni qarang!
Men bu uchovlonga boshqacha
qilib, «Uch
og'a-ini botirlar» deya nom
berdim.
Haqiqattan ham, bir necha yillardan buyon
bir jamoada faoliyat yuritayotgan
bu
futbolchilar og'a-inidek bo'lib
ketishgan.
Maydonda bir-birlarini ham shunga yarasha
tushunib o'ynashadi. Demak,
hozir
«Barselona»ning eng asosiy
ustunlaridan biri
bo'lmish «kenja botir» - Lionel Messi haqida
gaplashamiz.
Qahramonimiz 1987 yilning 24
iyunida,
Argentinaning Rosario
shaharchasida tavallud topgan. Otasi - Xorxe
Messi,
fabrikada ishchi. Onasi - Siliya
Messi (qizlik
familyasi Kussitini) esa farrosh
bo'lib ishlardi. Otasi asli Italiyaning
Ankoni
shahridan, onasi Anjelo Messi
1883 yilda
Argentiniyaga ko'chib kelgandi.
Messining Rodrgio va Matias ismli akalari
bor.
Shuningdek, Maria Sol ismli opasi
ham bor.
Ko'rib turganingizdek, Leo
oilasida eng kenja farzand.
Lionel Messi 13 yoshni qarshi
olganda uning
iste’dodi haqida «Barselona»
klubining
aktsiyanerlaridan biri eshitib qoladi va uni
olib kelish uchun klub skautlari -
Martin
Montero va Fabian Soldinilarni
yuboradi. O'z
navbatida skautlar Messi va uning otasini
Ispaniyaga ko'chib o'tishiga
ko'ndirishadi.
2000 yil 17 sentyabr kuni
futbolchi otasi
bilan birgalikda Kataloniyaga keladi. Biroq,
jamoaning sport direktori Karles
Reksach
boshqa ishlari bilan mashg'ul
bo'lgani tufayli
ko'rikdan o'tish ishlari 3 oktyabr kuni o'tadi.
Reksach Messining o'yini
ko'rgach, shunday
hayratga tusha boshladiki, uni
«ko'k-
anorranglilar» jamoa mutasaddilariga
ko'rsatish uchun bor
harakatlarini ishga
tushira boshladi. Shuningdek,
Messi oila
a'zolarini Evropaga olib kelish uchun
sarflangan mablag'ni hamda
futbolchini
davolashga ketadigan summani,
ya'ni bir
yilga 90 ming evro miqdoridagi mablag'ni
ham to'lash vazifasini o'z
bo'yniga oldi.
O'sha kundan buyon, Messi
yoshlar
jamoasida to'p surishni boshladi. Futboldagi birinchi qadam
Messi besh yoshidan boshlab
futbol bilan
shug'ullana boshladi. O'sha
paytlarda u
«Grandoli» klubida otasi Xorxe boshchiligida
mashg'ulotlar o'tkazgan. Messi
1995 yilda
o'zining tug'ilgan shahri jamoasi
«Nyuellz
Old Boyz» jamoasiga o'tdi. Leonel 11
yoshida otasi va onasi bilan
Barselona
shahriga bordi va 13 yoshida
«Barselona»
yoshlar jamoasida o'zining birinchi pokerini
qayd etishga erishdi. U
Kataloniyada tezda
o'yinga kirishib ketdi. Va buning
samarasi
o'laroq, «Barselona»ning ikkinchi jamoasi
asosiy tarkibida qo'shilib olib,
deyarli har bir
o'yinda raqiblari darvozasini
ishg'ol
qilaverdi. «Barselona»dagi faoliyati haqida
Messining Kataloniya jamoasidagi
debyuti
2003 yilning 17 noyabriga to'g'ri
kelgan.
O'shanda «ko'k-anorranglilar» «Portu»ga
qarshi o'rtoqlik o'yinida
maydonga
tushishgandi. O'yindan so'ng,
Ispaniyaning
mashhur nashlaridan biri – «El Mundo»
yuqoridagi o'yinda ishtirok etgan
Lionel
Messiga quyidagi tarifni
bergandi:
«Messi uch futbolchining qorishmasi. Bu
yigitning chapaqayligi
Maradonadan, tezligi
Kroyfdan va pas berishi
Ronaldinodan
olingan». Messining «Barsa»ning rasmiy
uchrashuvidagi debyut o'yini
Ispaniya
chempionati 2004/05 yillari
mavsumining 7
turiga to'g'ri kelgandi. 16 oktyabr kuni bo'lib
o'tgan bahsda «Barselona»
safarda
«Espanol»ni 1:0 hisobida mag'lub
etib
qaytgandi. Mana shu o'yinda Messi 85
daqiqada Dekuning o'rniga
maydonga
tushgan. Argentiniyalik
futbolchining
Kataloniyaliklar safidagi dastlabki goli 2005
yilning 1 mayida «Albasete»
darvozasiga
kiritilgandi. Ushbu bahsda Messi
17 yil 10 oy
va 7 kunni qoralab qo'ygandi. Shuningdek,
2004/05 yillari mavsumi Messi
uchun yana
bir quvonchli daqiqalarni
bag'shida etgan. U
2004 yilning 7 dekabrida Evropa chempionlar ligasida ham
o'zining debyut
bahsini «Shaxtyor»ga qarshi
maydonga
tushish bilan boshlagan. EChLdagi
birinchi gol esa 2005 yilning 2 noyabriga
to'g'ri
keladi.
2005-2009 yillar haqida
Messi 2005 yilda Ispaniya
chempionligini boshi uzra ko'tarishga muvaffaq
bo'ldi.
Shuningdek, Evropa chempionlar
ligasida
finalga chiqib, Londonning
«Arsenal» jamoasini 2:1 hisobida
mag'lubiyatga
uchratdi. Afsuski Leo final
bahsiga jarohati
tufayli etib kelolmadi. 2005
yilning dekabr oyida Italiyaning «Tuttosport»
nashri
mavsumning «Tillo bola»
nominatsiyasiga
Lionel Messini loyiq deya topdi.
Argentiniyalik futbolchi ushbu unvonni Ueyn
Runi va Lukas Podolskilarni ortda
qoldirib
qo'lga kiritdi.
2006 yildan boshlab, Messi
o'zining qanday kuchga qodir ekanligini
hammaga namoyish
qila boshladi. 2006/07 yillari
bo'lib o'tgan
Ispaniya chempionatini juda ham
ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. «El
Klassiko»da «Real»
darvozasiga xet-trik yo'lladi va
jamoasini
mag'lubiyatdan asrab qoldi - 3:3.
Messi ushbu mavsumda «France
Football»
nominatsiyasi hisoblangan «Oltin
To'p»
unvonining uchinchi pog'onasini
egallay oldi. Kaka va Ronaldu mos ravishda
birinchi va
ikkinchi pog'onalarni qayd etdi.
2007/08 yilgi mavsum esa Messi
va «Barsa»
uchun juda ham omadsiz o'tdi. Kataloniyaliklar ichki
chempionatda uchinchi
pog'onani egallashdi, Evropa
chempionlar
ligasi yarim finalida «MYu»ga
yutqazib qo'yishdi, Ispaniya kubogidan
ham mahrum
bo'lishdi. Shuningdek, mavsumda
Messi
ko'plab jarohatlar oldi va o'zining
o'yinini ko'rsata olmadi.
2008/09 yillar mavsumi boshida
«Barselona»
o'zining etakchi o'yinchilaridan
biri -
braziliyalik Ronaldinoni «Milan» jamoasiga
transfer qildi. Bundan
foydalangan Messi
o'zining sobiq 19 raqimini
Ronaldino
ketgandan so'ng bo'sh qolgan 10 raqamiga
almashtirib oldi. Shu davrdan
so'ng, Leo
mana shu raqamga loyiq tarzda
o'yin
ko'rsata boshladi. O'tgan mavsum Messi va
uning jamoasi uchun omadsiz
yakun
topgandi. Shu sababli ham,
kataloniyaliklar
rahbariyati jamoaning bir necha yillik bosh
murabbiyi Frank Raykaard bilan
tuzilgan
shartnomani yakunlashga qaror
qilishdi.
Uning o'rniga esa, «ko'k- anorranglilar»
safida to'p surgan Xosep
Gvardiola keldi.
Shundan «Barsa»da o'zgacha
kayfiyat,
o'zgacha muhit, o'zgacha taktika hukm sura
boshladi.
Chindan ham, Pep jamoani
sezilarli darajada
o'zgartirdi. Ushbu mavsumda
Messi «Barselona» bilan qatnashgan
barcha
chempionatlarda oltin medal
sohibiga
aylanishdi: Ispaniya chempionati
va kubogi, Evropa chempionlar ligasi, UEFA
va Ispaniya
superkuboklari - shular
jumlasidandir! Mana
shu kuboklarni yutishda Lionel
Messining «Barsa»ga ham xizmatlari katta
bo'ldi. Buni
payqagan «France Football» o'z
nominatsiyasining birinchi
o'riniga Lionel
Messini loyiq deb topdi. 2009/11 yillar mavsumi
Mavsum boshida «Barselona»
Messi bilan
shartnomani uzaytirishga erishdi.
Bu
shartnoma 22 yoshli argentiniyalik hujumchi
bilan 2016 yilgacha o'z kuchida
bo'ladi va
futbolchining narxi 250 million
evrogacha
ko'tarildi. Bundan oldin esa, Messining narxi
150 million mablag' summasini
tashkil
etayotgan bo'lib, shartnoma
2014 yilda
tugashi lozim edi. 2009 yilgi mavsum ham Messi va
Kataloniya
jamoasi uchun qutlug' keldi. Leo
Ispaniya va
UEFA Superkuboklarini boshi uzra
ko'tardi. Messi Ispaniya Superkubogi
finalida jamoasi
bilan «Atletik»ga qarshi ikkala
o'yinni ham
o'z foydalariga hal etdi
(mehmonda 2:1, uyida 3:0 natija bilan g'alaba).
Aytish joizki,
Messi jamoasining uyida
«Atletik»ga qarshi
bahsida raqiblari darvozasiga
dubl qayd etib, klubinining chempionligiga o'z
xissasini
qo'shdi. Shuningdek, UEFA
Superkubogi
finalida «Shaxtyor»ga qarshi
bahsda maydonga tushib (1:0), bitta
golga
hammualliflik qilishga ulgurdi.
2009, yil 1 dekabr. «France
Football» nashri
tomonidan har yili o'tkaziladigan «Oltin
To'p» nominatsiyasiga tanlov
e'lon
qilingandi. Unda Lionel Messi
tanlovdagi
raqibi - Krishtianu Ronalduni 240 ochkoga
ortda qoldirib, «Oltin To'p»
sohibiga aylandi.
Umumiy hisobda, Messi 473
ochko jamg'ara
olgandi. Jahonning eng ko'zga ko'ringan
jurnalistlarida ham argentiniyalik
futbolchini
«eng yaxshi» deya e'tirof etishdi.
Qahramonimiz o'zining bu
yutug'i haqida shunday degandi:
«To'g'risini aytganda, men
favoritlardan biri
bo'lishimga ishonchim komil edi.
Chunki
«Barselona» o'zining eng ajoyib mavsumlaridan birini o'tkazdi.
Ammo,
shunga qaramay, o'rtadagi farq
shu darajaga
etishini hayolimga ham
keltirmagandim. «Oltin to'p» sovrini qo'lga kiritish
men
uchun katta sharafdir. Chunki bu
sovrin
buyuk futbolchilarga nasib etgan.
Ammo buyuk futbolchilardan barchasi
ham bu
sovrinni qo'lga kirita olishmagan.
«Oltin
to'p»ni ikkinchi marta qo'lga
kiritishim juda qiyin kechadi. Avvalo
jamoamizdan o'tgan
mavsumdagi o'z o'yinini
namoyish etishi
talab etiladi».
Shuningdek, argentiniyalik futbolchi va uning
jamoasi 2009 yilda klublar
o'rtasidagi jahon
chempionatida ham bosh
sovrinni qo'lga
kiritishdi. Bu «Barselona»ning ushbu yildagi
oltinchi kubogi edi. Lionel bu
chempionatda
ham quruq qolmadi. U
musobaqaning eng
yaxshi o'yinchisi deya e'tirof etildi.
2009 yil, 21 dekabr. Messining
hayotida
yana bir jiddiy voqea sodir etildi.
U 2009
yilning eng yaxshi o'yinchisi unvonini qo'lga
kiritdi. Ko'rib turganingizdek,
Messining shu
davrgacha bo'lgan faoliyatida eng
cho'qqi
nuqta shu edi. Bundan tashqari, «Oltin
To'p», «Onze d’O», Evropa
chempionlar
ligasi 2008/09 mavsumining eng
yaxshi
hujumchisi va o'yinchisi, klublar o'rtasidagi
jahon chempionatining eng
yaxshi o'yinchisi,
Ispaniyaning eng yaxshi
o'yinchisi - kabi
sovrinlarni qo'lga kiritdi. 2010 yilning 16 yanvarida Messi
«Barsa»
safidagi o'zining 100 golini
«Sevilya»
darvozasiga kiritdi. Bu vaqtda
futbolchi 22 yosh, 6 oy va 22 kunlik bo'lgandi.
Aytish
joizki, Kataloniya jamoasi tarixida
Messidan
avval bu yoshdagi hech bir
futbolchi yuzta gol urolmagandi.
Lionel Messi jamoasi bilan
2009/10
mavsumida Ispaniya
chempionligini ham
qo'lga kiritdi. «Barselona» ushbu mavsumda
99 ochko jamg'arib, eng yaqin
ta'qibchisi –
«Real»ni uch ochkoga ortda
qoldirdi. Messi
esa ham chempionatning eng yaxshi
o'yinchisi, ham musobaqa
to'purarligini
qo'lga kiritdi.
2010/11 mavsumi ham
kataloniyaliklar uchun sovrin bilan boshlandi.
2010 yilning
21 avgustida Messi jamoasi bilan
uchinchi
bor Ispaniya Superkubogini
qo'lga kirita oldi. Ular finalda «Sevilya»ni ikki o'yin
natijasiga
ko'ra taslim etdi.
Shuningdek, chempionlar
ligasining ushbu
mavsum guruh bosqichiga oid «Barselona»ning
«Panatinaikos»ga qarshi
o'yinida mezbonlar 5:1 hisobida
g'alabaga
erishdi. Ushbu bahsda Messi dubl
qayd etib, «Barselona» tarkibida
chempionlar ligasidagi
o'zining 27 golini kiritdi va o'ziga
hos yangi
rekord o'rnata oldi. Bu rekord
mavsum davomida Messi tomonidan bir
necha
marotaba yangilanib turdi.
2011 yil, 21 yanvar. Messi FIFA va
«France
Football» tomonidan ketma-ket ikkinchi bor
«Yilning eng yaxshi futbolchisi»
unvoniga
loyiq ko'rildi. U bu yo'lda
jamoadoshlari –
Xavi va Inestani ortda qoldirgandi. Messidan
avval bu sovrinni ketma-ket ikki
marta
Mishel Platini, Marko van Basten,
Kevin
Kigan va Ronaldolar qo'lga kiritishgandi.
2010/11 yillar mavsumida Messi
jamoasi
bilan uchta sovrin yutdi. Dastlab,
Ispaniya
Superkubogi, keyinchalik Ispaniya chempionligi va eng asosiysi
Evropa
chempionlar ligasi! Messi
Ispaniya
chempionatining tugallangan
mavsumida «Marca» nashri tomonidan
«Mavsumning
eng yaxshi o'yinchisi» unvonini
yana bir bor
qo'lga kiritdi.
Terma jamoadagi o'yinlari haqida Lionel Messi 2005 yilda
Gollandiyada o'tgan
yoshlar o'rtasidagi Jahon
chempionatida
g'olib chiqqan. Messi bu
musobaqada oltita gol urib, «oltin butsa»ni qo'lga
kiritgandi.
2005 yilning 4 avgustida
Argentina terma
jamoasi bosh murabbiyi Xose
Pakerman Messini Vengriyaga qarshi
o'rtoqlik bahsiga
chaqirdi. Leo ushbu uchrashuvda
uch daqiqa
harakat qildi va qizil kartochka
olib maydonni tark etgandi. Leoning
Argentina
terma jamoasidagi birinchi
rasmiy
uchrashuvi shu yilning 3
sentyabrida, Jahon chempionati-2006 saralash
bahsida Paragvay
terma jamoasiga qarshi o'tgandi.
Uning terma jamoadagi debyut
goli
Xorvatiya bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida
kiritilgan bo'lsa, rasmiy o'yindagi
debyut
golini 2006 yilda Germaniya
maydonlarida
o'tgan Jahon chempionatida Serbiya va
Chernogoriya termasi
darvozasiga kiritgan
(6:0).
Messining terma jamoadagi
yutuqlari Yoshlar o'rtasidagi jahon
chempionati - 2005
yil
Olimpiada o'yinlari chempioni -
2008 yil
Uning klub bilan qo'lga kiritgan natijalari
(«Barselona»)
Ispaniya chempioni: 2004/05,
2005/06,
2008/09, 2009/10, 2010/11
Ispaniya kubogi sohibi: 2008/09 Ispaniya Superkubogi sohibi:
2005, 2006,
2009, 2010
Evropa chempionlar ligasi
g'olibligi: 2005/06,
2008/09, 2010/11 UEFA Superkubogi chempionligi:
2009
Klublar o'rtasidagi jahon
chempionati
go'libligi: 2009
Messi haqida qisqacha To'liq ismi: Lionel Andres Messi
Laqablari: Leo, Bloxa
Tavallud topgan: 1987 yilning, 24
iyunida
Fuqaroligi: Argentina va Ispaniya
Bo'yi: 167 sm. Vazni: 67 kg.
Ampluasi: Hujumchi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2