Предыдущая публикация
Ishqning ko'zlariga boqdim ma'nodor.
Dedim: yana qancha kerakdir sabrim,
Ayt dedim: oldingda ne gunohim bor?
Rahming kelmaydimi xasta yurakka,
Bardosh berolmayin yig'laydi unsiz.
Kut...Agar va'dada turmasa bu dil,
Parchalagin, bahtim butunmas sensiz.
Yog'moqda qor menga uni eslatib,
Uning qalbi kabi oppoq, beozor.
Qaylarda qoldi u, mening g'amxo'rim?
Undan-da azizroq yana kimim bor?
Ovunaman farzandlar ko'ziga qarab,
Aytaman, sen uchun yashashim kerak.
Lekin sog'inaman uni har lahza,
Har lahza kutaman men undan darak.
Deyman, Agar taqdirim bog'langan bo'lsa,
Eng bahtli insonga aylantiray man.
Ruhsat bergin Rabbim, hech yo'q bir bora,
Uning ko'zlarida o'zim ko'ray man...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев