Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u
Ibrohim Asvaddan, u Oisha
onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Oisha onamiz (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo
insonga jannatda amali bilan
yetisha olmaydigan yuksak
darajalar beradi. Alloh taolo unga
uzluksiz kasalliklar berib, u
yuksak darajalarga yetkazadi»,
dedilar».
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u
Ibn Buraydadan, u otasidan
rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning
otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.)
bunday dedilar: «Qul xayrli ishlar
qilayotganida xastalanib qolsa,
Alloh taboraka va taolo
farishtalariga: «Qulimga
sog‘ligida qilgan amallarning
savobini yozing», deydi.
Bir rivoyatda quyidagi lafz
qo‘shilgan:
«Yo‘liqqan kasalligining savobi
bilan birga yozing».
Bir rivoyatda: «Qulimga sog‘
bo‘lganida qiladiganini yozing»,
deyiladi.
Boshqa bir rivoyatda: «Qul bir
amal qilayotganida kasal bo‘lsa,
Haq taboraka va taolo hafaza
(muhofiz, qo‘riqchi - Tarj.)
farishtalariga bunday deydi:
- Qulimga sog‘-salomat paytida
qiladigan amalining savobini
yozing».
Abu Hanifa (r.a.) Muqotil ibn
Sulaymondan, u Abu Zubayrdan,
u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.)
bunday deb marhamat qildilar:
«Alloh taolo har kasallik uchun
davo yaratgan. Kasallik dorisiga
duch kelsa, Allohning izni bilan
tuzaladi, yo‘qolib ketadi».
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u
otasidan, u Qays ibn Muslimdan,
u Toriq ibn Shihobdan, u Ibn
Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi.
«Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar:
«Alloh taolo o‘lim va qarilikdan
boshqa, yaratgan butun
kasalliklarining davosini
yaratgan. Sizga sigir sutini
(ichishni - Tarj.) tavsiya etaman,
chunki sigir sutiga barcha
o‘simliklardan qo‘shadi».
Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u
Toriqdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.)
rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.)
aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.):
«Alloh taolo qarilikdan boshqa
barcha kasallikning davosini ham
bergan. Sizga sigir sutini tavsiya
qilaman, chunki u har xil
o‘tlardan yeydi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Alloh taolo yer
yuzida qarilik va o‘limdan
boshqa hamma kasallikning
davosini yaratgan. Sizga sigir
sutini tavsiya qilaman. Chunki
sigir har turli o‘tlardan yeydi»,
deyiladi.
Bir rivoyatda: «Alloh taolo o‘lim
va qarilikdan boshqa bergan
kasallikni davosi bilan bergan.
Sizga sigir sutini tavsiya qilaman,
chunki u har xil o‘tlardan yeydi»
tarzda keladi.
Boshqa bir rivoyat lafzlari
bunday: «Alloh taolo yer
yuzidagi hech bir kasallikni
shifosiz yaratmagan. Sizga sigir
sutini ichishingizni tavsiya
etaman, chunki u har xil
o‘simliklardan, o‘tlardan yeydi».
Abu Hanifa (r.a.) Qaysdan, u
Toriq ibn Shihobdan, u Abdulloh
ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat
qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.): «Sizga sigir
sutini tavsiya etaman, chunki
sigir har xil o‘t-o‘landan yeydi.
Unda har kasallikka shifo bor»,
dedilar».
Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi.
Ibn Umar (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) marhamat
qildilar: «Alloh taolo shifoni
sedonada, qon oldirishda, asalda,
yomg‘ir suvida qilgan».
Abu Hanifa (r.a.) Abdulmalikdan,
u Amr Jurashiydan, u Said ibn
Zayddan rivoyat qiladi. Said ibn
Zayd (r.a.) aytdilar: «Nabiy
(s.a.v.): bunday dedilar:
«Qo‘ziqorin (er tagida o‘suvchi)
ne’matlardandir. Uning suvi
ko‘zga shifo bo‘ladi».
Abu Hanifa (r.a.) Muslimdan, u
Ibrohimdan, u Mafukdan, u Oisha
onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Oisha onamiz (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) bir kasalni
ko‘rishga borganlarida: «Ey
insonlarning Rabbi, kasallikni
ketkaz. Shifo berguvchi yolg‘iz
O’zingsan. Sening shifongdan
o‘zga shifo yo‘q. Kasallikdan
asorat qoldirmaydigan shifo ber,
yo Rabbiy!..»der edilar».
Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi.
Ibn Umar (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) bunday deb
marhamat qildilar:
- Mo‘min nafsini razil xor
etmasligi kerak.
Deyildiki:
- Mo‘min nafsini qanday xor
qiladi?
- Kuchi (toqati) yetmaydigan
bolalarni so‘raydi, kuchi
yetmaydigan narsalarga o‘zini
urintiradi, - dedilar Rasuli Akram
(s.a.v.)»
Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Комментарии 10
Ibrohim Asvaddan, u Oisha
onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Oisha onamiz (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.): «Alloh taolo
insonga jannatda amali bilan
yetisha olmaydigan yuksak
darajalar beradi. Alloh taolo unga
uzluksiz kasalliklar berib, u
yuksak darajalarga yetkazadi»,
dedilar».
Ibn Buraydadan, u otasidan
rivoyat qiladi. Ibn Buraydaning
otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.)
bunday dedilar: «Qul xayrli ishlar
qilayotganida xastalanib qolsa,
Alloh taboraka va taolo
farishtalariga: «Qulimga
sog‘ligida qilgan amallarning
savobini yozing», deydi.
Bir rivoyatda quyidagi lafz
qo‘shilgan:
«Yo‘liqqan kasalligining savobi
bilan birga yozing».
Bir rivoyatda: «Qulimga sog‘
bo‘lganida qiladiganini yozing»,
deyiladi.
Boshqa bir rivoyatda: «Qul bir
amal qilayotganida kasal bo‘lsa,
Haq taboraka va taolo hafaza
(muhofiz, qo‘riqchi - Tarj.)
farishtalariga bunday deydi:
- Qulimga sog‘-salomat paytida
qiladigan amalining savobini
yozing».
Sulaymondan, u Abu Zubayrdan,
u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Jobir (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.)
bunday deb marhamat qildilar:
«Alloh taolo har kasallik uchun
davo yaratgan. Kasallik dorisiga
duch kelsa, Allohning izni bilan
tuzaladi, yo‘qolib ketadi».
otasidan, u Qays ibn Muslimdan,
u Toriq ibn Shihobdan, u Ibn
Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi.
«Nabiy (s.a.v.) bunday dedilar:
«Alloh taolo o‘lim va qarilikdan
boshqa, yaratgan butun
kasalliklarining davosini
yaratgan. Sizga sigir sutini
(ichishni - Tarj.) tavsiya etaman,
chunki sigir sutiga barcha
o‘simliklardan qo‘shadi».
Toriqdan, u Ibn Mas’uddan (r.a.)
rivoyat qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.)
aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.):
«Alloh taolo qarilikdan boshqa
barcha kasallikning davosini ham
bergan. Sizga sigir sutini tavsiya
qilaman, chunki u har xil
o‘tlardan yeydi», dedilar».
Bir rivoyatda: «Alloh taolo yer
yuzida qarilik va o‘limdan
boshqa hamma kasallikning
davosini yaratgan. Sizga sigir
sutini tavsiya qilaman. Chunki
sigir har turli o‘tlardan yeydi»,
deyiladi.
Bir rivoyatda: «Alloh taolo o‘lim
va qarilikdan boshqa bergan
kasallikni davosi bilan bergan.
Sizga sigir sutini tavsiya qilaman,
chunki u har xil o‘tlardan yeydi»
tarzda keladi.
Boshqa bir rivoyat lafzlari
bunday: «Alloh taolo yer
yuzidagi hech bir kasallikni
shifosiz yaratmagan. Sizga sigir
sutini ichishingizni tavsiya
etaman, chunki u har xil
o‘simliklardan, o‘tlardan yeydi».
Toriq ibn Shihobdan, u Abdulloh
ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat
qiladi. Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.): «Sizga sigir
sutini tavsiya etaman, chunki
sigir har xil o‘t-o‘landan yeydi.
Unda har kasallikka shifo bor»,
dedilar».
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi.
Ibn Umar (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) marhamat
qildilar: «Alloh taolo shifoni
sedonada, qon oldirishda, asalda,
yomg‘ir suvida qilgan».
u Amr Jurashiydan, u Said ibn
Zayddan rivoyat qiladi. Said ibn
Zayd (r.a.) aytdilar: «Nabiy
(s.a.v.): bunday dedilar:
«Qo‘ziqorin (er tagida o‘suvchi)
ne’matlardandir. Uning suvi
ko‘zga shifo bo‘ladi».
Ibrohimdan, u Mafukdan, u Oisha
onamizdan (r.a.) rivoyat qiladi.
Oisha onamiz (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) bir kasalni
ko‘rishga borganlarida: «Ey
insonlarning Rabbi, kasallikni
ketkaz. Shifo berguvchi yolg‘iz
O’zingsan. Sening shifongdan
o‘zga shifo yo‘q. Kasallikdan
asorat qoldirmaydigan shifo ber,
yo Rabbiy!..»der edilar».
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi.
Ibn Umar (r.a.) aytdilar:
«Rasululloh (s.a.v.) bunday deb
marhamat qildilar:
- Mo‘min nafsini razil xor
etmasligi kerak.
Deyildiki:
- Mo‘min nafsini qanday xor
qiladi?
- Kuchi (toqati) yetmaydigan
bolalarni so‘raydi, kuchi
yetmaydigan narsalarga o‘zini
urintiradi, - dedilar Rasuli Akram
(s.a.v.)»