Предыдущая публикация
kishi Payg‘ambar (s.a.v.)
oldilariga kelib: «Ey Allohning
elchisi, menga vasiyat qiling»,
dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
«Allohga taqvo qilgin. Chunki u
barcha yaxshiliklarni jam
qiluvchidir. Jiddu jahdni mahkam
tutgin. Chunki u
musulmonlarning (yoki
«musulmonning», dedilar)
rohibligidir». Va Allohning zikrini
va Qur’on tilovatini qilgin. Chunki
u senga yerda nur, osmonda
zikrdir. Yaxshi-likdan
boshqasidan tilingni saqlagin.
Shu bilan shay-tonni yengasan».
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 46
(s.a.v.): «Allohga taqvo qilgin»,
degan so‘zlarining ma’nosi Alloh
qaytargan ishlardan qaytish
uchun Alloh buyurganlariga amal
qilishdir. Agar taqvo qilsa, barcha
yaxshiliklarni jam qilibdi. Endi
«tilingni saqlagin», deganlarining
ma’nosi faqat yaxshiliklardan
gapirgin, g‘animatli bo‘lasan yoki
jim yurgin, salomat bo‘lasan.
Chunki salomatlik sukutdadir.
Bilgin, inson shaytondan jim
turishlik bilan g‘alaba qiladi.
Musulmon shaytondan xoli
qo‘rg‘onda bo‘lishi va Alloh uning
avratini berkitishi uchun tilini
saqlamog‘i lozim bo‘ladi.
bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.)
rivoyat qiladi: «Kim qulini ursa,
kafforati uni ozod qilishlikdir.
Kim tiliga podshoh bo‘lsa, Alloh
uning uyat ishlarini berkitadi,
kim g‘azabini yutsa, Alloh uni
azobdan saqlaydi. Kim Allohdan
uzr so‘rasa, uning uzrini qabul
qiladi».
rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan
(s.a.v.) rivoyat qiladi: «Kim
Allohga va oxirat kuniga iymon
keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisi va
mehmonini hurmat qilsin,
yaxshilikni gapirsin va jim
tursin».
Savqa Zohid dedi: «Sizlarga bir
hadislarni aytayin, shoyadki,
sizlarga ham foyda bersa, menga
foyda berdi. Menga Ato ibn Abu
Raboh aytdi: «Ey amakimning
o‘g‘li, sizlardan oldingilar ortiqcha
so‘zni yomon ko‘rardilar. Ular
Allohning kitobi amri ma’ruf va
nahiy munkar va hayotda
yashash uchun kerak bo‘ladigan
zarur so‘zlardan boshqa
so‘zlarning hammasini ortiqcha
deb hisoblar edilar».
«Allohning ushbu so‘zini inkor
qilasizlarmi? «Holbuki, shak-
shubhasiz, sizlarning ustingizda
(qilgan har bir amalingizni) yod
olib, yozib turguvchi
ulug‘ (farishta)lar
bordir» (Infitor, 10–11). Va yana:
«Zotan, o‘ng va chap (tomon)da
o‘tirgan ikki qabul qilguvchi
(yozib turguvchi farishta
insonning aytgan va qilgan
barcha yaxshi-yomon so‘z-
amallarini) qabul qilib, yozib
tururlar. U biron so‘zni talaffuz
qilmas, magar (talaffuz qilsa)
uning oldida hoziru nozir
bo‘lgan bir kuzatguvchi
(farishta u so‘zni yozib
olur)» (Qof, 17–18).
kunning boshida yozilgan
sahifasi ochilganda, undagi ko‘p
amallari din va dunyo ishlaridan
bo‘lmay, uyalib qolmaydimi?»
qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: «To‘rt narsa faqat
taajjub bilan bo‘ladi. Sukut
qilishlik, u ibodatning avvalidir.
Tavozu’, Allohni zikr qilish va
faqirligi ozgina bo‘lishi».
undan rozi bo‘lsin, rivoyat
qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: «Kishi musulmonligining
go‘zalligi ma’nosiz so‘zlarni tark
qilishligidir».
«Biz sizda ko‘rib turgan narsaga
qanday yetdingiz?» deb. Aytdi:
«Gapning to‘g‘riligi, omonatni
ado etishlik va keraksiz so‘zlarni
tark qilishlik bilan».
qilindi. Aytdi: «To‘rt podshohning
har biri bittadan kalima
gapirishdi. Ular go‘yoki bir
kamondan otilgan o‘qdek edi.
Kisro aytdi: «Aytmagan so‘zimga
pushaymon yemayman, aytgan
so‘zimga pushaymon yeyman».
Xitoy podshohi aytdi:
«Gapirmagan gapimga men ega,
gapirgan gapim esa, menga
ega». Rum podshohi dedi: «Men
gapirmagan gapni rad qilishga
gapirganimni rad qilishdan ko‘ra
qodirroqman». Hind podshohi
aytdi: «Ajabki, bir kishi bir
kalimani gapirsa, u kalima
og‘izdan chiqib, unga zarar
beradi. Agar chiqmasa ham unga
zarar bermasdi».
qilindi: U kishi tong bo‘lsa, qog‘oz
va qalamni olardi, hech narsa
gapirmasdan faqat yozardi va
yodlardi. Keyin kech bo‘lganda
o‘zi bilan hisoblashardi.
zohidlarning amallaridan edi. Ular
tilni saqlamoqlikni o‘z ustilariga
yuklagan edilar va dunyoda
o‘zlari bilan hisoblashardilar.
Shuningdek, musulmon uchun
oxiratda hisoblashmasdan oldin,
bu dunyoda o‘zi bilan
hisoblashmog‘i lozim bo‘ladi.
Chunki dunyo hisobi oxirat
hisobidan yengildir. Tilni
saqlashlik oxiratdagi
pushaymonlikdan dunyoda
yengilroqdir.
qilindi: «Menga bir kishi gapirib
qoldi. U Rabi’ ibn Xusaym bilan
yigirma yil birga bo‘lib, undan
biron yomon gap eshitmagan
ekan».
Aliga, Alloh ikkovlaridan rozi
bo‘lsin, musibat yetib, u kishi
o‘ldirildi, shunda Rabi’ning
sahobalaridan biri: «Agar Rabi’
gapirsa, bugun gapiradi», dedi.
Eshigining oldiga keldi va
Xusaynning o‘ldirilgani xabarini
u kishiga yetkazdi. U kishi
shunda osmonga qarab, bu
oyatni o‘qidi: «Ayting: Allohim,
(ey) osmonlar va yerni ilk bor
yaratgan Zot, (ey) g‘aybu
shahodatni (ya’ni yashirin va
oshkor narsalarni) bilguvchi
zot, yolg‘iz o‘zinggina
bandalaring o‘rtasida ular
ixtilof qilib o‘tgan narsalar
haqida hukm qilursan» (Zumar,
46). Rabi’ mana shundan boshqa
hech narsa demadi.
«Johil kishi olti xislat bilan
bilinadi:
1. Behuda narsalarga g‘azab
qilishlik, ya’ni Odam farzandiga
g‘azab qilgandek, hayvonga yoki
unga yomon ko‘ringan har
narsaga g‘azab qiladi».
2. Foydasiz kalom. Oqil kishi
o‘ziga foyda bermaydigan
gaplarni gapirmaydi. Balki dunyo
va oxirat ishlarida manfaat
beradigan so‘zni sevadi.
3. Keraksiz joyga bermoq. Ya’ni
molini ajr berishga noloyiq, uni
berish mumkin bo‘lmagan joyga
sarf qilishlik. Bu johillik
alomatidandir.
4. Har kimning oldida sirini
ochaverish.
5. Har insonga ishonaverish.
6. Do‘stni dushmandan ajrata
olmaslik. Ya’ni, kishiga do‘stini
topib, unga itoatda bo‘lmog‘i,
dushmanini bilib, undan hazar
qilmog‘i lozim bo‘ladi. Birinchi
dushman shaytondir. Unga hech
joyda bo‘ysunmaslik lozimdir.
rivoyat qilindi: «Har bir kalomda
Allohning zikri bo‘lmasa, u
bekordir. har qanday sukutda
fikrlash bo‘lmasa, u g‘aflatdir. Har
bir qarashda ibrat bo‘lmasa, u
behudadir. Kalomida Allohning
zikri, sukutida fikrlash va
qarashida ibrat bo‘lgan kishiga
qanday yaxshi».
kamaytiradi va amalini
ko‘paytiradi. Munofiq kalomni
ko‘paytirib, amalni kamaytiradi».
aytdilarki: «Besh narsa
munofiqda bo‘lmaydi, dinni
bilishlik, til bilan taqvo qilish,
yuzida tabassumlik, qalbida
nurlik va musulmonlarni yaxshi
ko‘rish».
«Kishining gapirgan gapi
salohiyatli bo‘lsa, boshqa
amallaridan ham bilinadi. Agar
gapirgan gapi fasodli bo‘lsa,
boshqa amallarida ham bilinadi».
o‘g‘ilginam, kim yomonlik
egasining suhbatida bo‘lsa,
omon bo‘lmaydi, kim yomonlik
kiradigan joyga kirsa,
tuhmatlanadi va kimki tiliga
egalik qilmasa, pushaymon
yeydi».