Qul a’`uzu birrobin-n`asi malikin-n`asi il`ahin-n`asi minsharril vasv`asil xonn`as. Allaz`iy yuvasvisu f`iy sud`urin-n`asi minal jinnati van-n`as.
"An-Nos” surasining arabcha yozilishini o`qish uchun shuni bosing
"An-Nos” surasining qiroatini (MP3) ko`chirib olish uchun shuni bosing
Ma’nosi: «(Ey Muhammad,) ayting: "Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, odamlar Podshohiga, odamlar Ilohiga yashirin vasvasachi (shayton) yovuzligidanki, (u) odamlarning dillariga vasvasa solur. (O‘zi) jinlar va odamlardandir”».
4. Zam sura tugagach, «Allohu akbar», deb ruku qilinadi. Erkaklar tirsaklari va tizzalarini bukmasdan, barmoqlarini ochgan holda, tizzalarini mahkam changallab egiladilar.
Ayollar erkaklarga nisbatan ozroq egiladilar. Tizzalarini bir oz bukadilar. Barmoqlarini jamlab tizzalarini tutadilar.
Rukuda uch marta «Subhana robbiyal aziym» (Ey buyuk Robbim, Sen barcha nuqsonlardan poksan), deyiladi.
5. Rukudan «Sami’allohu liman hamidah» (Alloh Uni hamd etganlarni eshitguvchidir), deb qad ko‘tariladi, bu holat «qavma» deyiladi.
Qavma holida: «Robbana lakal hamd» (Ey Robbimiz, har turli hamd-sanolar yolg‘iz Sengadir), deyiladi.
6. «Allohu akbar» deb avvalo tizzalar, ke-yin qo‘llar, so‘ng peshona va burun yerga tekkizilib, sajda qilinadi. Sajda qi-linayotganda oyoq panjalari qiblaga qaratiladi, erkaklarning tirsaklari yerga tegmaydi. Ayollar tirsaklarini yerga qo‘yadilar. Sajdada uch marta: «Subhana robbiyal a’la» (Ey ulug‘ Robbim, Sen butunnuqsonlardan poksan), deyiladi.
#новости
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев