optimist bo’lgan odam boshqalarga
nisbatan ko’proq omadga erishadi.
Ishdagi o’sich ham yuqori bo’ladi,
oilaviy hayoti ham omadli, tashqi
ko’rinishi ham odamlarga yoqimli, hullas ularga tez-tez omad kulib
turadi. Ular hayot qiyinchiliklariga
kamdan-kam yuz tutishadigandek
tuyiladi. Aslida ular qiyinchiliklarni
ham tabassum bilan yengishadi. Har
bir narsaga kulib qarashadi, yashashdan zavq olishadi. Ular
shunning uchun ham omadli
bo’lishadi. Optimist bo’lish - yuzni
ajinlardan, qalbni esa qarishdan
qutqaradi. Bugun sizlarning
e’tiboringizga, hayotda optimist bo’lishingizda ko’maklashadigan 5
maslahatni berib o’tmoqchimiz.
Ularga amal qilib, hayotingizga
o’zgartirish kiriting. 5 Maslahat: 1 So’z
boyligingizni ko’zdan kechiring. “Yo’q
”, “qila olmayman”, “qo’limdan kelmaydi” degan gaplarni lug’at
boyligingizdan, nutqingizdan butunlay
chiqarib tashlang. Uning o’rniga “Men
shu ishni qilsam, omad sari bitta
qadam tashlagan bo’laman ”, “meni
qo’limdan keladi ”, “Buni albatta uddalayman”, “men kuchli insonman
” degan gaplarni ishlating. O’zingizga
optimistic shior tanlab tez- tez
qaytarib yuring, va shunga yarasha
harakat qiling. 2 Muammolarni va
xatolardan to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganing. Nima yuz bergan bo’lsa
ham, endi uni to’girlay olmaysiz,
orqaga qaytara olmaysiz. O’zingizni
o’zingiz qiynagandan nima foyda?
“Men nega shunaqa qildim?”,
“Nimaga bunaqa bo’ldi?” kabi savollarni o’z o’zingizga berganingiz
bilan yechim yo’q. Uning o’rniga
hayotingizda yuz bergan har bitta
voqeani bitta saboq deb qabul qiling
va undan yaxshi xulosa chiqarishni
o’rganing. Xatto eng yomon vaziyat ham nimadir yaxshillik bo’ladi, o’sha
tufayli siz yanada aqlliroq,
ehtiyotkorroq va tajribali bo’lasiz. 3
Yomonlik kutmang. Agar turmush
o’rtog’ingiz ishda ushlanib qolsa,
darrov yomon hayolga bormang. Balki uni boshlig’I suhbatga chaqirgandir.
Bekorga aytishmaydi, agar yomonlik
kutsang, u albatta yuz beradi. Birinchi
navbatda, yaxshi narsalar haqida
o’ylashni o’rganing. Agar bu
qo’lingizdan kelmasa, unda hayollaringizga erk bermang neytral
holatda bo’lsin. Na yaxshi o’ylang, na
yomonini. Asosiysi yomon narsalar
haqida o’ylamaslik. Yomon narsalar
haqida o’ylashni cheklashda
meditatsiya, relaksatsiya mashqlari, yoki darslari hamda ijodiy ishlar bilan
shug’ullanish sizga ko’maklashadi. 4
Mayda chuyda narsalarga hasrat
qilmang. Nafaqat do’stlaringiz va
yaqinlaringiz, balki duch kelgan
tanishingizga ko’z yosh qilib hasrat qilishga o’rganib qolgan bo’lsangiz, bu
odatdan iloji boricha tezroq qutiling.
Siz albatta yig’loqi yoki noshukur
bo’lmasangiz, ammo bu ketishda siz
allaqachon yaqinlaringiz xotirasida
shunaqa inson bo’lib muhrlanib qolgansiz. Agar shunday odatingiz
bo’lsa, yaqinlaringiz “Qaleysan?”
desa, butunj dardingizni dasturxon
qilishingiz shart emas, uninng o’rniga
tabassum bilan “Menda hammasi
zo’r, raxmat!” deng. 5 Diqqatingizni ijobiy narsalarga qarating. Xech
e’tibor berganmisiz, kim hayotidan
tez- tez nolib tursa, unda quvonch va
baxt kamayib boraveradi. Siz esa
vaziyatni o’zgartiring. Har kunim
kechqurun bugun yuz bergan yaxshi voqealar haqida o’ylang.
https://m.youtube.com/watch?_e_pi_=7%2CPAGE_ID10%2C8946259092 https://m.youtube.com/watch?_e_pi_=7%2CPAGE_ID10%2C8350267454
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев