Ma’lumki, agar muvaffaqiyat
qozona olmasak, uyda yoki ishda
ozgina muammolarga duch
kelsak, hayot tajribamiz bir oz
pand bersa, darhol bizni tushkun
kayfiyat o’rab oladi. Tushkunlik
esa hech vaqt bizni bu noqulay
vaziyatdan olib chiqolmaydi;
o’zimizni o’nglab olishning
yagona yo’li – bu irodali va kuchli
mantiqiy tafakkurga ega
bo’lishdir. Quyidagi
maslahatimizda irodali
bo’lishning o’ziga xos sirlari
haqida so’zlaymiz.
1) Bugungi kun nafasi bilan
yashang. O’tmishda yo’l qo’ygan
xatolaringizni, muammolaringizni
bir muddat esdan chiqaring.
Kelajagingiz bugun qo’yadigan
qadamingizga bog’liqligini
unutmang. Siz uchun har kuni
yangi kun boshlanishi kerakligini
his qiling. Chunki o’z
muammolaringiz haqida o’ylab
qayg’urganingiz bilan masala o’z
yechimini topmaydi, siz esa
behuda tushkunlikka tushish
bilan vaqtingiz, imkoniyatingizni
boy berishingiz mumkin.
Yaxshisi, o’zingizga eng yoqimli,
qiziqarli bo’lgan mashg’ulot bilan
shug’ullaning, ko’nglingizga
yaqin inson bilan suhbatlashing
va hk.
2) O’zingizda ishonch hosil qiling.
Ko’pchilik o’z-o’ziga ishonmaslik
oqibatida erkin qadam
tashlashdan, yutqazgan
narsalarini qaytadan
boshlashdan voz kechadi. Ammo
insondagi o’ziga bo’lgan ishonch
hissi, ko’pincha uning maqsadga
erishishiga sabab bo’ladi.
Shunday ekan, yutqazishdan
cho’chimang. Chunki hayot
yutish va yutqazishdan iborat,
siz qachondir yutqazgan
narsalaringiz evaziga katta
narsani yutib olishingiz mumkin.
3) Hech vaqt asabiylashmang.
Asab insonning doimo tiniq
fikrlashiga to’sqillik qiladi.
Muammoni yanada
chigallashtiradi; asabingizni
asrang. Uni jilovlashning yagona
yo’li – asabni buzadigan
holatlarga ahamiyat bermaslikdir.
4) Vaqtida ovqatlaning. Ba’zilar
ish yoki shaxsiy muammolar
ichida qolganda ishtahasiz bo’lib
ovqatlanishni unutib qo’yadilar.
Bu bilan o’z faoliyatlarini yanada
susaytirayotganini bilmaydilar.
O’z vaqtida ovqatlanib turish
organizmni mo’tadillashtiradi va
harakatchan, faol bo’lishiga, miya
faoliyatini yaxshilashga yordam
beradi.
5) Muammoga chetdan nazar
tashlang. Masalan, siz uchun
kattaroq va chigal hisoblangan
muammo boshqalar uchun
arzimas bo’lishi mumkin.
Muammolaringizga uzoqroqdan
turib razm soling; xafa bo’lishga
qanchalar haqli ekaningizni
o’ylab ko’ring. “Balki bundan ham
qiyinroq vaziyatga tushib
qolishim mumkin edi-ku” degan
fikr bilan hozirgi ahvolingizga
nisbatan sabrli va shukrli bo’ling.
Shunda sizni qiynagan muammo
aslida hech narsa ekanini
anglaysiz.
6) Hayotni borligicha qabul
qiling. Ba’zi kishilar hayotni o’zim
boshqarayapman deb o’ylaydilar.
Garchi shunday ko’rinsa-da,
aslida hayot insonni boshqaradi.
Doim muvaffaqiyatga erishib
kelgan kishi bir gal pand yesa,
buning zarbini ko’tara olmaydi.
Sababi ular hayotni boricha
qabul qila olmaydi. Unday kishilar
doim o’z xohish-istaklari amalga
oshishi kerak deb hisoblaydilar.
Omad yuz o’girganida,
muvozanatni yo’qotib qo’yadilar.
Hayotni borligicha qabul qilish
esa kunida yetti bor yiqilib, yetti
bor o’rindan turishni o’rgatadi.
Iroda barchamiz uchun kerakli
narsa. Ammo hamma ham o’zida
bu kuchni topa olmaydi.
Irodasizlik insonni faollikdan
uzoqlashtirishi mumkin.
Harakatsiz, g’ayratsiz inson esa,
ertangi kuniga ishona olmaydi
va muvaffaqiyatga erishishi
qiyin kechadi. Hayot sinovlaridan
o’ta olish uchun irodali
bo’lishimiz lozim. Har bir qulagan
narsani bundan ham ko’rkamroq
qilib tiklash mumkinligini yodda
tuting va buni uddalash uchun
o’zingizga qaytadan imkoniyat
bering. Shunda eng mustahkam
irodaga erishishingiz mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев