Предыдущая публикация
So'zni safga terib qo'yib,
Tunni tongga berib qo'yib,
Ko'kragini kerib qo'yib,
Roxat oladi shoir.
Ilhomi hech kelmay qolsa,
So'zi to'liq bo'lmay qolsa,
Ko'ngli bir oz to'lmay qolsa,
O'yga toladi shoir.
She'rlar-shoirning bolasi,
Dil bastalagan nolasi,
Ko'zida unsiz jolasi,
Dardli bo'ladi shoir.
She'ri xalqqa yoqib qolsa,
Havas bilan boqib qolsa,
Kimdir yoddan o'qib qolsa,
Ko'ngli to'ladi shoir.
Yozadigan she'ri bilan,
So'zlarining sehri bilan,
Qalbidagi mehri bilan,
Yodda qoladi shoir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев