Предыдущая публикация
Qalbi yig'lab, o'zi kulgan,
Mungli qora ko'z topmadim.
Meni mendan ko'proq bilgan,
Onamdayin do'st topmadim.
Ko'zim oqu qorasidan,
Ming bir inson sarasidan,
Dunyolarning orasidan,
Onamdayin do'st topmadim.
Ko'nglim o'ksib qolsa hamki,
Omadim yo'qolsa hamki,
Olam mendan tonsa hamki,
Onamdayin do'st topmadim.
Yuragimga bardosh bo'lgan,
Eng yaqinim, sirdosh bo'lgan,
Ko'zlari mehrga to'lgan,
Onamdayin do'st topmadim.
Xavotirda qoladigan,
To'g'ri yo'lga soladigan,
Jonin bera oladigan,
Onamdayin do'st topmadim.
Onam uchun nima qildim?!
Bir tasalli, so'z topmadim.
Lekin shuni aniq bildim,
Onamdayin do'st topmadim...
Komiljon XASANOV.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев