" Man hali 18 yoshgayam to’lmagan edim. Hech
qayerda o’qimasdim uyda o’tirardim maqtanish emasu chiroyli, odobli
qiz bo’lganim uchun uyimizga sovchilar yog’ilib kelardi. Birinchi iyul kuni dugonamni to’yiga bordim. Sochlarim nihoyatda
uzun edi. Hamma uzun socharimu qosh ko’zimga haridor bo’lardi....
Bu hatimni hozir yig’lab yozyapman o’sha birinchi iyul kuni qandaydir
bir notanish yigit to’yda yonimdan ketmadi, tinmasdan mani
kuzatardi. Man odamovirog’man. Odamlaga uncha qo’shilmiman
to’ydayam umuman davraga chiqib ,boshqa qizlaga o’xshab o’ynamadim . To’ylarga uncha bormasdim. Odam gavjum joyni
yoqtirmiman… Hullas u yigitni obrosi baland ekan shekilli hamma
egilib surashib hurmatini joyiga qo’yardi, lekin man e’tibor bermadim
chunki man yigitlarga qiziqish bilan qaramasdim. To’y juda chiroyli o’tdi , kelin bilan bir mahallada o’sganmiz yaqin
dugonam edi... U yigit mahallamizdan mani ko’p surishtirgan ekan
bilmiman nimaga aynan mani tanlagan nimaga ??? Hullas 2 kunni
ichida mahalla ko’y qarindosh urug’ hamasini erinmasdan
surishtirishgan ekan 3 iyul kuni oyisi uyimizga sovchilikka keldi man
kutmagandim tog’risi o’glim ko’chada moshinada qarab turibdi degan gapini eshitib darrov derazadan qaradim ne ko’z bilann qarayki o’sha
yigit Astagfirullox hayron qolgandim Nimaga man ??? Oyisi ertasi kuni
yana kelib bugun unashtirib ketamiz ho’p deng deb oyimlaga iltimos
qildi mani boshim aylanib ketti nimaga bunaqa tezlik bilan
unashtirishmoqchi deb oyimla adasi qarindosh urug’ bilan
maslahatlashaylik dedilar. Yigitni oyisi ertaga aniq javobilani aytilar deb ketti. Yigit astoydil manga uylanmoqchi ekan oyisi shunin un
to’yni tezlik bilan qilamiz dedi oilada bitta ogil boy badavlat kelishgan,
obroli etiborli odamlani yolgiz bolasi. Adasini butun shahar tanidi obroli odam , qarindoshla bilan
maslahtlashishdi o’sha kuni adamlar surishtirib ko’raman yaxshi yigit
bo’lsa mayli dedila , mandan rozilik ham surab o’tirmadilar, lekin
oyimlar qizim judayam odobli aqlli hush toparman yigit ekan oilasi
ham juda yaxshi odamlar ekan dedilar. Man hali o’qishga kirishim
kerak degandim yigitni oyisi to’ydan keyin o’zimiz o’qitamiz debdi. Hullas 10 iyul kuni mani unashtirishdi, yigit bilan 2 marta ko’rishdik,
o’sha kunlarni eslasam yashagim kelmaydi to’g’risi, u mani yoqtirib
qolganini surishtirib bilganini faqat to’yni tezlik bilan qilish kerakligini
aytdi man hayron edim nimaga bunchalik tezlik bilann
uylanmoqchi ??? Lekin gapirishlari o’zini tutishlari nihoyatda odobli
har bitta gapni ham o’ylab gapirardi shunaqa aqlli ediki islomdan ilmi baland namoz oqir yuzidan nur yogilardi ismlari Sanjar edi.... Mani
namoz o’qishimni bilib judayam hursand buldilar.. bir marta
ko’rganimdayoq o’ziga boglagan edi Mani telefonim yo’q edi, tutmasdim. Manga 10 kuni ko’rishganimizda
telefon padarka qildilar telefon apparati ham nomerlarimiz ham bir hil
edi. 14 kuni to’y belgilandi.. 1 iyul kuni mani ko’rgan edila 14 kunda
tezlik bilann to’y qilishdi juda tez bo’ldi to’yimiz !!! Man baxtli edim
To’yimiz judayam chiroyli havas qilsa arziguli to’y bo’lgandi. Hamma
kelin kuyovga havas qilardi, biz bir birimmizga judayam mos edik. Baxtli edik, ha Baxtli edik Toyni o’tkazdk mani Mehribonim Sanjar aka
mandan 10 yosh kotta edilar, lekin judayam mehribon nihoyatda
rashkchi edilar ko’chaga umuman chiqarmasdila hijobga kirdim,
odatda 7 kunli kelinla otasini uyiga 7 kuni borishi kerak lekin bir hafta
bo’ldiku uyimga borib kelay desam ruhsat bermadilar ertalabdan
kechgacha yonimda bo’lganlar mani bir minutgayam yo’lg’iz qo’ymaganlar hayotimdan mamnun edim haqiqiy bahtimni
topgandim essiz o’sha kunlarim Baxtli kunlarim ko’pga cho’zilmadi
atigi 14 kun ??? Mani suyangan tog’im mexribonim baxtim mani atigi 14 kungina man
bilan birga baxtli yashagan edilar 14 kunda tezlik bilan to’y qilib 14
kunda mani tashlab ketdila.... Yoshim 10 yosh kichgina bo’lganii
uchun kotta qizim derdila toyimizga 14 kun bo’lgandi ko’chaga ish
bilan chiqib ketayotgan edilar manga qarab aqlli qiz bpo’lgin asal
qizim kelgunimcha o’zini ehtiyot qilgin ko’chaga chiqmagin bilasana mani deb hazillahsib kulib chiqib ketdilar .... Lekin qaytmadilar/ Sanjar
aka tezroq kelin deb sms yozdim javob keldi; hop hayotim azgina sabr
qilgin ok man uchun o’zini ehtiyot qilgin ya tebya lyublu ,,,,, Lekin
ko’chadan Avtohalokat uchragan Sanjar akamni o’ligi keldi, man
tamom bo’ldim hushimdan ketib qolgan ekanman uygonsam
boshimda hamma to’planib olgan hovli to’la odam uyimizda aza edi nima bo’lyapti tushunmasdim Sanjar akamni qidirardim ??? Lekin yo’q
nimaga bunaqa tez mani tashlab ketdila o’ylab tamom bo’lganman
yangi kelin uyiga ilk marotaba aza libosda kelsa g’alati ekan
oyimlayam adamlaram tamom bo’lishdi Bir tomonda oyim yig’lardi yosh qizim beva qoldi deb bir tomonda
adamlar urishar edila qaydanam guldek qizimni berdim 14 kunda beva
qoldiku deb lekin birorta gap qulog’imga kirmasdi man tamom
bo’lgan edim hayotimni mazmuni shunaqangi o’ziga tez bog’lab
shunaqangi sevdirib darrov tashlab ketdi. Nimaga shoshilib to’y qilib
to’ydan keyin ham uyimga jo’natmasdan tunu kun parvona bo’lganini endi tushundim . Kongli sezgan ekan. Ha sezgan ekan shekilli mani
birovlaga berib qo’ymaslik uchun darrov to’y qildiyu tashlab ketdi.
Mani vujudimda Sanjar akamni vorisi borligi bilib qaynonam qaynotam
huddi o’g’illari qaytib kelgandek hursand bo’libb ketishdi yeru ko’kka
ishonishmadi mani Sanjardan yodgorimiz deb avaylashardi bir
tomondan manga rahmlari kelardi yosh guldek qiz beva bo’libb qoldi deb man hech bo’lmasa Sanjar akam uzidan yodgor qoldirib ketgani
un ozimni qo’lga oldim farzandimiz uchun lekin buyam ko’pga
chozilmadi homilam 3 yarim oyda tushib qoldi Hayotimni mazmuni yo’q edi ko’p siqilishdan bolam ham tushib qoldi.
Sanjar akamni uyida qololmasdim telba bo’lib qolgandim hamayog’
uni eslatardi oyimlar uyga olib ketdilar, iltimos o’ziga kelsin yana
keladi deb ruhsat so’rab opkettilar man tildan qolgandim ahvolim
yomonlashib balnitsaga tushib qoldim. Hamasi judayam tezlik bilan
bo’lldi ko’z ochib yumgunimcha to’y aza hamasi o’tib ketdi mana bir yildan ham otdi man olib qolmadim yashayapman holamni qizi chet
elda yashaydi. O’zbekistonga kelganida ahvolim yomonligini ko’rib
birga ket man bilan unutasan o’zini qolga olishin kerak keyinchalik
qaytib kelasan dedi uydegilar viza qilishdi birga ketdim mana 8 oydan
beri Kareada yashiman unutib bularmidi 14 kun bo’lsa ham bahtli
yashaganmanku baxtli edimku bir umrga tatigulik mehr bergan Sanjar akamni unutishni hayolimgayam sigdirolmiman har kun tushimga
kiradilar har doim kulib man yonindamanku yiglama sabr qil deydilar
tushimmi ongimmmi bilmiman har kechasi Sanjar akam yonimga
keladilar balki havotir olib ruhlari kelar bilmadim Xudo sabr berib yashayapman Alloxga iboat qilib sabr qilib man
o’zimni qolga oldim hayotim sal yolga tushyatgan edi lekin "Odno”dan
profil ochdim, o’rrtolarim bilan gaplashib turaman bollar uchunmas
faqat o’rtoqlarim bilan gaplashib turaman salom alik digandey.... bir
kuni bir yigitga ko’zim tushib qoldi Astagfirullox Sanjar akamni o’zi
yig’lavordim ko’rib ismi ham Sanjar ekan ha Sanjar man ishonmadim ismi ham qosh kozlari ham kulishlari ham ko’piya dod deb yigladim
rasmlarini birma bir kordim astagfirullox mani tashlab ketgan turmush
o’rtogimni o’zi ko’zimga ishonmasdan opamga korsatdim opam ham
manga qo’shilib yiglavordi Har kun shu bolani profiliga kirardim mani profilim zakrit hech kim
ko’rmidi u bola Sanjar akamdek kelishgan emasu lekin judayam
o’xshidi ismi Sanjar ekanligini ko’rib shokka tushdim bir tasodif
dedimda qo’l siltab qo’ya qo’ldim, qaynonam qaynotam bilan
gaplashib turaman qaynonam oz qizidey koradilar qizim sizga
eshigimiz har doim ochiq kongliz tortgan payt keling deydilar Mani oyog’im tortmaydi hammayoq Sanjar akamni eslatadi, mayli Alloxni
sinovi deya hammasiga ko’z yumdim har kun Xudoga yolvoraman sabr
bergin deya halol ibodatda yashashga nima yetsin man yolgizlikni
tanladim Sanjar akamga hiyonat qilomiman konglimni ham o’zlari
bilan birga olib ketdilar. Hayotimda 14 kun manga umrga yetgulik quvonch baht sevgi mehr
muhabbat bergan insonim bilan Xudo nasib qilsa Jannatlarda
uchrashamiz , bugun suyukligim Sultonim Sanjar akani tugilgan
kunlari yuragim siqilib tolib toshib ketdi ota onam ham Kareaga
kelishdi oilaviy yashayapmiz Ota onam yaqinlarim yonimda sog’ salomatman Alloxga behisob
wukur manga o’xshab hech kim bevaqt hazon bo’lmasin hamma
suyukli yori bilan bir umr baxt saodatda yashasin mani bahtim ota
onam yaqinlarim borligida Alloxga behisob shukur !!! faqat suyukli
insonim uzoqlarda.... mayli bu dunyoku,,, o’tkinchi abadiy dunyoda
Jannatlarda ko’rishish nasib etsin deb yashashda davom etaman .......!!! 14 kun bulsaham turmush o’rtogimga suyukli yor sevimli rafiqa
bo’ldim qaynonam qaynotamni suyukli erka kelini bo’ldim ozgina bo’l
saham xizmatlarini qilib ko’ngillarini oldim. Allox manga ozgina bo’lsa
ham kelinlik bahtini nasib ayladi. Sanjar akamni oilasida Mehr
muhabbat qadr topdim shuyam manga berilgan baht va sinov debb
o’yliman.. ''maktub asosida yozildi''
m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51568185114785&_prevCmd=userAltGroups&tkn=4680
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1