ODAM G'ANIMAT!
Baxtim o'tkinchidir, nolam
g'animat,
Har bitta bosilgan qadam
g'animat,
Qadrlab yashaylik go'zal hayotni,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Boshga balo bo'lar tilning ofati,
Unutmang, bitmaydi dil jarohati,
Tirigida bo'lsin har kimning
qadri,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Baxt boylikda emas, insoniylikda,
Iymondan qimmatroq hech narsa
yo'qda,
Shoshma, tirikchilik demagin
to'xta,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Mehribon, yaqinim sog'indim
sizni,
Oqibat rishtasi bog'lasin bizni,
Mehr-muhabbatga buraylik yuzni,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Yaxshilikdan bo'lsin har qanday
suhbat,
Boshinga balodir ig'voyu tuhmat,
Diydorga to'yaylik ne berar
g'iybat,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Kimga omad chopib kerilib ketsa,
Boylikka mansabga berilib ketsa,
Ortidan ne qolar dunyodan o'tsa,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Bugun bizga nasib etibdi diydor,
Ertaga kimdir yo'q, kimdir esa
bor,
Ota onangizni etmang intizor,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Qalbini tushuning Ahad Qayumni,
Yaxshilik bezaydi mening
yo'limni,
Farqin anglab oling hayot o'limni,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.
Bu hayot o'tkinchi nolam
g'animat,
Otam g'animatdir, onam
g'animat,
Yaxshilik tilaylik bir birimizga,
Do'stlarim, odamga odam
g'animat.... Ahad Qayum She'ri...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3