Yulduzlar quvonib o'ynatayotganda
Oqshomim sen bilan o'tayotganda
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
Sabrsiz sevgini gunohi shumi
Bosgan qadamlarim oldiku borim
Senga yetmoq bir on qolgan paytida
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
O'zimcha o'ylardim sevar u meni
Hech narsa to'siq bo'lolmas bizga
Men endi yetdim deb shukur qilganda
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
Suyib suyib yozay maktublar dasta
Har birida bo'lsin g'uncha barvasta
Ularni topshiray desam bir pastda
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
Men endi qanday ko'krak kerayin
Qaddimni bukdiku so'zing beayov
Sevgi kuchli g'urur rashkdan deganda
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
O'tmishdan tutkilab kulging izlayman
Nahotki yodimdan o'chsa chehralar
Bariga bardoshim yetar deganda
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
O'zgalar ustimdan kuldilar ko'p bor
Qo'ysangchi birodar tongingni bil deb
To'siqlar birma - bir ketay deganda
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
Avaylab asradim parvarish qildim
Bu mening sevgim dek yurakka tugdim
Jonsiz u sevgiga jon bermay turib
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
Vaqti kelib dunyo tor bo'lib qolsa
Jannat yoki do'zah eshigin ochsa
Bag'ring tilib sevgim qon qusib tursa
Tepamda aylanma fasli bahorim
Qaro yerga ko'mib ketdingku jonim
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев