La'nati qog'ozni deb, inson bir kun öladi.
Dunyoga qiziqmangiz, hammadan ham qoladi.
Öz nafsini tiyolmagan, böri sifat insonlar.
Molu dunyo dardida, öz tanasin sotganlar.
Arablar davlatiga, gunoh uchun ketganlar.
Chet elda qullik qilib, bölar xoru sarsonlar.
Shaytonlarga tobedir, nafsiga qul insonlar.
Quldorlik bozorida, odamlarni sotganlar.
Gunohning kattasiga, nafsi sabab botganlar.
Dubayga qizlar hatto, zino uchun ketganlar.
Baringizga achimdim, nafsiga qul insonlar.
Amaldorga farqi yöq, qorni uchun yashaydi.
Pora sifat mulkidan, masjidga pul tashaydi.
Inson emas-ku hayvon, nafsin tiymas hayvonlar.
Oxiratiga tupirgan, nafsiga qul insonlar.
Islomiylar ham hatto, nafs quliga aylandi.
Masjidga imomlikka, pora berib saylandi.
Hajga borishga mumin, pora berib shaylandi.
Qiyomatni tezlatar, nafsiga qul insonlar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев