Sekin savoblarim yo‘lini yopib
Bamdodni yo‘qottim uyquni topib... 😓
Jahannam qizigan unga men a'zo
Sababi Peshin ham bo‘libdi qazo... 😓
Ovora bo‘libman quray deb qasr
Axamiyat bermay kelganda asr...😓
Dunyoda olay deb yaxshi bir maqom
Joynamoz eskirdi o‘tib ketib shom... 😓
Foniy olamni deb qaribdi bu jon
Hatto o‘qimayin bir bora hufton... 😓
Dedilar uzrni o‘zingdan qidir
Bu paytda kechikib qolgandi vitr... 😓
Allohim bizlarni qilmaydi unut
Sajda qildim dami kelgach tahajjud... 🤲
Endi ko‘zim ochdim bo‘lganda bamdod
Peshinni ham o‘qiy boshladim obod... 😊
Shom-u asrda ham joynamozda men
Tor bo‘lgan dunyolar endi bo‘ldi keng... 🤗
Huftonning nurlari tunim yoritsin
Vitr har kun yo‘qlab meni qaritsin... 🤲
Bu dunyo maqsadin izladim bedil
So‘ng nafsimga dedim namozda egil... 🧎🧎♀
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев