Uzr, ancha xatolaring
Majbur bo’ldim yozishga,
Yana biroz to’xtalaman
Ba’zi bir xunuk ishga.
Mani doim o’ylantirar
Ajib qiziq bir narsa,
Jinoyatni qo’lar qilib,
Hayodan yuz qizarsa!
Poraxo’rga pora bergan
Insonlar bari “tanish”,
Uzatsalar darrov olar
Unda yo’q ikkilanish.
Poraxo’rlik illatiga
Duchor bo’lsa kimda-kim,
Bilsin azim gunohligin,
Jazo ham erur azim!
Pora borki, bari xarom
Yoq’dir uning tozasi,
Poraxo’rga pora ochar
Do’zaxning darvozasin.
Qilmishlari qiyomatda
Uni ichkari boshlar,
Guvoh bo’lur pul deb olgan
Qarg’ish, alam, ko’z yoshlar.
Pora olguvchida bo’lgay
Qo’llar go’yo to’rttadan,
Gunohkordir olgan, bergan,
Yana turgan o’rtada.
Bu illatga chalingan kas,
Turolmaslar olmasdan,
Nazarimda shu illating
Qolgaydur yo’qolmasdan.
Nima yetsin yaxshilikka
Bo’lib to’g’ri, halol, sof,
Barcha qo’li egrilarga
Egamiz bersin insof!
Ha, ko’plaring sarhad bilmas
Gunohlarga egadur,
Sabab, bilmay o’z egasin,
Shaytonga bosh egadur.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев