Предыдущая публикация
Mening qismatimga bitilgan muhabbatning bitigi shu bo'lsa kerak. Ayting, siz ham meni shunday sog'inasizmi? Hech bo'lmasa bir bor hayolingizga olasizmi? Shularni o'ylab yuragim azob chekadi. Qani endi mumkin bo'lsa bag'ringizga borib o'lsam-u bag'ringizdan qaytib kelmasam. So'ng'i yo'q azob orolida go'yo ming yil yashagandan bag'ringizga bosh qo'yib bir daqiqa yurakga orom berganim baxt edi. Ammo mendan shu baxtni qizg'ondingiz. Nachora siz menga taqdim etgan o'sha sog'inch sohilida umrimni o'tkazaman. Ahir siz menga shuni ravo ko'rdingiz. Sizni tortig'ingizni har biri menga baxt!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев