Ayni oshiq yuragiga sadoqatli sirdosh ham mana shu tun. Sog'inch laxzalarining o'ychanligini joylay boshlagan tun ochiq derazamdan o'zining cheksizlikga tutash bag'ridan sirlilikga chorlaydi. Yurak azobda. O'z ro'yobini ko'rsata olmagan orzular azobda. Ishq sarson, muhabbat sarson. Tengsiz muhabbatga to'la qalbni sarhadlari cheksiz bo'lgan sog'inch sohiliga yo'llab o'zingiz qayoqqadir g'oyib bo'ldingiz. Bu yerda faqatgina sizni tutib bo'lmas vaslingiz ko'rinmas visolingiz bor. Qayoqqa qaramay faqat siz. Ammo bularning hammasi ro'yo. Ko'rib bo'lmaydi. Turib bo'lmaydi. Bu yerda sog'inish va azoblanish mumkin halos. Qani edi tushlarimda ko'rsaydim. Yoningizda hayolan borib sirli nigohlaringizga termulib o'tirsam. Shunday qilsam haydamaysizmi? Ahir qon yutib azoblanishga emas sevmoqqa yaralgan edi bu yuragim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев