Mening bahorim bo'lmoqchi eding. Boqiy bahorim. Nega o'zingni hazonga almashding. Sen ulkan baxtlarga loyiq eding-ku. Bahordek go'zal orzularimning hammasi bir kechada hazon bo'ldi. Sensiz bir on ham yashay olmaydigan yurak uchun bir umrga yolg'iz yashash hukmi o'qildi. Nega taqdir bunchalar beshavqat. Endi ne holki bahorlarni kutsamda sen kelmaysan. Hazonlarda aylangan qalbim orzularida chechaklar bo'lib ochilmaysan. Buni bilib, sezib yashash naqadar azob. Garchi fasllar almashib kelaveradi. Ammo mening qalbimda birgina fasl hukm suradi. Ayriliqdan ildiz otgan o'tkir tig'li hijron darahtiga ega zim-ziyo zulmat fasli. U endi mening qalbimni tark etmaydi. Hech qachon!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев