Предыдущая публикация
Bahor kelib chechaklar ochilgan chog'i yuragim yana bir entikib seni yodimga soladi. Erta bahor go'zalligini hech bir chiroylarga almashmayman derding. O'rik gullarini juda yaxshi ko'rar eding. Bahor kelsa shu chechaklar bilan go'yo birga kelganday bo'lasan. Ammo bularning bari ro'yo! Lekin shu bahorlarga ergashib yashab yuribman. Afsus bu oltin vaqtim ham tez o'tib ketadi. Sensizlikga chidash men uchun juda og'ir kechyapti. Bu dunyoni tark etib yurakni so'ngi yo'q hijronlarga tashlab ketganingga hali ham ishongim kelmayapti. Bu ne ko'rgulikki har bahorni sensiz qarshi olsam?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев