Asli sizni kech topib bir azobda yashayapman. Yana sizni yo'qotib ming azobda yashashni hohlamayman. Sizni mendan ketmasligingiz uchun dilingizni, o'zingizni qancha asradim, sizga qattiq ishondim, yuragimni berdim. Lekin shu tuhfalarga javobingiz shunday bo'lishini hech o'ylab ko'rmagandim. Balki bu azoblarim vaqtinchalikdir. Vaqti kelib hammasi o'z o'rniga tushib ketar. Lekin bir yolg'onga uchragan bu yuragim, sizning so'zlaringizdan yana yolg'on isini tuyib qolmasmikin? So'zlaringizga ishonarmikin? Sizga bo'lgan muhabbatim o'sha-o'sha. Ahir sizni aql amri bilan emas yurak amri bilan sevganman. Qanday qilib yuragimga bu ishqdan kech deb buyruq bera olaman? Faqat o'zingiz uchun oddiy haqiqat men uchun esa yolg'on bo'lib ko'rinayotgan bu siringizning zahri qalbimni tark etmaguniga qadar hulosa qila olmayman. Ishoning, juda qiynalib ketdim. Ahir sizga qanchalar ishonar edim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3