Atrofimdagilarning
aytishicha, ko`rgan odamning
suqi kiradigan
darajada go`zal kelinchak
bo`libman. Bu ta`rif
shunchaki yo`liga, xushomad yoki
ko`nglim
uchun aytilmayotganini bilaman.
Ammo... eh,
odamlar, bilsangiz, dunyodagi
eng ko`rimsiz
kelinchak bo`lishga ham rozi
edim, faqat
shunday kunimda dadam bir
borgina yonimda
bo`lsalar bo`ldi edi. Dada,
dadajon! Qaerdasiz?
Kelmaysizmi, bir paytlar siz
"onajon" deb erkalab
suyadigan qizingiz bugun oq
libos kiyib, kelin
bo`ldi. O`n ikki yildan beri
yo`lingizga
termulaverib tolmagan umidvor
nigohlarimdagi
ishonchni oqlamaysizmi kelib?
Bilaman,
allaqachon bilganman, sizning
endi boshqa
oilangiz bor, menga o`xshagan
qizingiz, ukamga
o`xshagan boshqa o`g`ilingiz...
Faqat ularning
bizga o`xshab ko`ngli yarim,
o`ksik emas.
Ularning dadasi ko`zlari to`rt
bo`lib kutayotgan
farzandlarini unutib qo`ygan,
bag`ritosh ota
emas. Ular dadalari har kech
ishdan sovg`a-
salomalar bilan to`lib-toshib
uylariga qaytishni
bilishadi. Biz esa... qaytmasligingiz
qaytishingizdan ko`ra ko`proq
ayon bo`lsa-da
kutamiz, kutaveramiz. Xuddi
hozirgidek... Mana,
hamma kuyovning kelishini
kutayapti, men esa...
sizning! Ana, hamma qiy chuv
qilib qoldi: "Kuyov
keldi, kuyov keldi!" Dadajon!
Qizingizni olib
ketishga kelishdi. Siz...
KELMAYSIZMI?
"Kelmaydi, bekorga umidvor
bo`lma". O`n ikki
yildan beri o`tgan kuni ilk marta
oyimdan bu
gapni eshitdim. Ular buni shu
qadar qat`iy
ishonch bilan aytdilarki, butun
vujudim muzlab
ketganday bo`ldi. Shunga
qaramay, qarorimdan
qaytmadim. "Dadamga to`yim
xabarani o`zim
yetkazaman, ular albatta,
keladilar". O`n ikki
yildan keyingi uchrashuvga
tayyorlanish menga
oson bo`lmadi, ko`zlarimga uyqu
kelmay, bu
uchrashuvni xayolimda necha
martalab
o`tkazmadim deysiz. Afsus, bari
befoyda bo`ldi.
Siz rostdan ham uyingizda
yo`qmidingiz yoki
allaqaeri o`zimga o`xshab
ketdigan anavi qiz
yolg`on gapirdimi? Bilbadim.
Soddaman-da,
"Ularda nima ishingiz bor?" deb
so`raganda,
qo`limdagi taklifnomani darrov
tutqaza
qolmasdan, boshqa bir bahona
o`ylab topsam
bo`larkan. O`zimda emasdim.
Sizdan boshqa
odam eshikni ochishi mumkinligi
xayolimga
kelmabdi. Axir bizning uyimizda
kechasi eshikni
faqat o`zingiz ochardingiz-u, na
oyimga, na
menga ruxsat bermasdingiz. Ha,
butun boshli
oila buzilib, taqdirlar o`zgarib
ketganida, odatlar,
qoidalar almashishi nima bo`pti
deysizda.
Qizingiz qo`limdagi taklifnomani
olarkan, undagi
"Aziz dadajonimga" degan
yozuvni o`qib, ko`zlari
kattarib ketganini ko`rdim va...
uning hech
qachon qo`lingizga yetib
bormasligini
sezgandim. O, bunchalar
xudbinlik. Undan
dadasini (dadamni) bir umrga
tortib olayotganim
yo`q edi-ku. Bir kun, atigi bir
kungina sizni
menga ravo ko`rishmadiya...
Dadajon! Ertaga
mana shu qizingizni uzatib,
ko`zingizga yosh olib
unga oq fotiha
berayotganingizda bularning
baridan mahrum etganingiz -
ko`nglini yarim
qilib ketgan biz mehringizga zorlarni ham bir
borgina eslaysizmi?.. Xayolan
bo`lsa-da,
peshanamdan o`pib baxt
tilaysizmikan?..
Mistika olami, qo'rqinchli, qiziqarli, fantastik va fentezi hikoyalar shu yerda http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=58185916612655&_prevCmd=userOwnAltGroups&tkn=6238&_aid=groupOwn bizga qo'shiling!
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=58185916612655&_prevCmd=userOwnAltGroups&tkn=6238&_aid=groupOwn bizga qo'shiling!
https://www.youtube.com/channel/UCjUbUS8omOup5Yz0mHgPrLw
http://ok.ru/group/52812369166529
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев