Bu gadoyni hamma tanir va u kelsa insonlar bir burda non berib siylashar edi. Lekin shu qishloqda bir ayol shu gadoyni yoqtirmas go'yoki uni tinchini buzar edi. Bir gal shu gadoydan qutulmoq istab ayol bir dona nonga zaxar solib pishirdi. Gadoy xech narsadan xabari yoq xar galgi ishini qilib "xar kim qilsa o'ziga" deb tilanchiligi qilib yurgandi. Xaligi ayol payitdan foydalanib gadoyga zaxar solingan nonni berdi. Xech qancha o'tmasdan ko'chadan bolalar yugurib kelib ayolga bolasining betob bolib qolganini aytishdi. Ayol shoshganicha bolasini oldiga yugirib keldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki bolasi yerda yuztuban yotibdi u allaqachon o'lib bo'lgandi. Shunda quloqlari ostida har galgi ohang yangradi. "Xar kim qilsa o'ziga"!
Bu gadoyni bolalar yaxshi ko'rar edilar uni ko'rdi deguncha unga yopishib atrofida o'ynashar edilar godoy esa haltasidan nima topsa bolalarga ulashar edi. O'sha kuni zaxar solingan non ayolning o'z farzandiga nasib qilgan edi. Ayol bag'ri qon bo'ldi. Uning qilmishi o'ziga qaytdi. "XAR KIM QILSA O'ZIGA"!
http://m.ok.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=58185916612655&_prevCmd=userOwnAltGroups&tkn=6238&_aid=groupOwn bizga qo'shiling!
https://www.youtube.com/channel/UCjUbUS8omOup5Yz0mHgPrLw
http://ok.ru/group/52812369166529
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1